10-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 141,27 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü141,27 Kb.
#179014
  1   2   3   4   5   6   7
10-MAVZU


10-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi, mohiyati taraqqiyoti, hamda insonning oila va jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganishda falsafiy fan ekanligi.Axloqshunoslikning tajribaviy bayoniy, falsafiy-nazariy, mezoniy-me’yoriy xususiyatlari.
Axloqshunoslikning zamonaviy fanlar bilan aloqasi. Milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayonida axloqshunoslikning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o’rni va vazifalari.
2.Axloqiy tafakkur taraqqiyotining asosiy bosqichlari:
a)Qadimgi Sharq axloqiy tafakkurning beshigi sifatida. Somir (Shumer), Bobil, Misr, Turon va Eron, Qadimgi Hindi-Xitoy, Yunoniston;
b) O’rta asrlar musulmon Sharqi (Al-Buxoriy, Forobiy, Ibn-Sino, Ibn-Ruin), Tasavvuf (axloqiy ta’limoti). (G’azzoliy, Rumiy);
v) Temur va Temuriylar davri axloqshunosligi (Navoiy, Jomiy, Koshifiy);
g) O’rta asrlar va yangi davr Ovro’pa axloqshunosligi (Valla, Makiavelli, Kant, Shelling, Hyegel);
d) Eng yangi davr axloqshunosligidagi yo’nalishlar: ruhiy tahlil, ekzistensiyachilik, g’ayrizo’ravonlik.
3. Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari. (Ahmad Donish, Abay, - Anbar Otin, Abdulla Avloniy, Fitrat)
Tayanch atamalar: Axloq, odob, xulq, axloqning tarkibi va funksiyalari, mashoiyunlik(arastuchilik), tasavvuf, ekzistensiachilik, pragmatizm, ruhiy tahlil, jadidchilik.
Axloqshunoslik falsafiy fan bo’lib, u falsafiy fikr taraqqiyot jarayonida shakllanib eramizdan avv. IV asrda qadimgi Yunonistonda alohida ilm sohasi sifatida undan ajralib chiqadi. Bu davrda Yunonistonda jamiyatni idora qilish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish o’z yechimini talab qiluvchi dolzarb masalalar tarzida kun tartibiga qo’yila boshladi.
Shu vaqtga qadar falsafaning olam va odam va odam muammosi umumiy tarzda talqin qilib kelingan bo’lsa, bu davrga kelib mazkur muammo konkret yo’nalishda—jamiyat va shaxs munosabatlar birligida talqin qilishni taqozo eta boshlaydi. Ushbu zaruriyatni teran anglab yetgan mutafakkirlardan biri Arastudirki, u axloqni ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, uyg’unlashtiruvchi eng muhim omil deb hisoblaydi. Va ana shu masala tadqiqi bilan maxsus shug’ullanuvchi ilm sohasi zarur degan fikrga keladi, hamda uni “etika”(yunon yetkos-xulq) deb nomlaydi.
Arastu shu munosabat bilan “Nikomax etikasi”, «Yevdomiv etikasi”, “Katta etika” kabi asarlarini yozadiki, unda axloqshunoslikning predmeti, vazifalari ko’rsatib beriladi, hamda axloqiy mezoniy tushunchalarning tavsifi beriladi. U mazkur ilm sohasining asosiy vazifasini uning jamiyat mukammalligini va shaxs barkamolligini ta’minlashga xizmat qilishdir, deb belgilaydi.
Shunga ko’ra Arastu axloqshunoslik-(etika)ni falsafaning amaliy turiga kiritadi. Faylasufning ushbu qarashi to hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.

Yüklə 141,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin