O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlaridan keltirilgan quyidagi fikrlarni tugallang:
1. Tafakkur ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson to’la ozod bo’lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. (Karimov I.A.vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: O’zbekiston, 1996. –b.34.)
2. Inson uni Inson darajasiga ko’taradigan asoslarning asosini o’z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi. Inson o’zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi. Bizning odamalarimiz Vatandan uzoqlashganda juda iztirob chekadilar, chunki ularning ma’naviyat chashmasi g’oyo uzoqlashib ketganday bo’ladi. (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1-jild. – T.: O’zbekiston, 1996. –b.81.)
3. Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ikki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan vijdonini uyg’otadigan kuchdir. (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. –b. 19-20).
4.Vijdoni uyg’oq odam yon-atrofida bo’layotgan voqealarga, yordam va ko’makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi. (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. –b.27-28).
5. Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar muhim omil bo’lib xizmat qiladi. (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. –b.30.)
Dostları ilə paylaş: |