6–rasm. Tanqid qilishning asosiy qoidalari. Amalda har bir kishiga butun hayoti mobaynida o’z sha’niga bir necha marta tanqidiy mulohazalar eshitishiga to’g’ri keladi. Hatto tanqid qiluvchi kishi tegishli odob qoidalarini bilsa va unga amal qilsa ham, tanqid baribir ma’lum ma’noda og’rinib qabul qilinadi. Bu hol inson psixologiyasining ob’ektiv xususiyatlari bilan oldindan belgilab berilgan. Shuning uchun ham tanqidni qabul qilishning ayrim qoidalarini tavsiya qilish (ularni o’z ongidan o’tkazib, qarab chiqilayotgan muammoning keskinligini birmuncha pasaytirish) mumkin. Hamisha quyidagilarni esda tutish lozim:
foydasiz tanqid bo’lmaydi, u vujudga keladigan vaziyatlarni hal qilishda yordam ko’rsatish shakli hisoblanadi;
kim tanqid qilishidan va qanday shaklda tanqid qilishidan qat’iy nazar tanqidni amaliy jihatdan qabul qilish zarur;
tanqidni idrok etishning asosiy tamoyili – “qilgan narsalarimning hammasini ham boshqa vaziyatda bundan ham yaxshiroq qilishim mumkin edi” mazmunida bo’lishi lozim;
eng qimmatli tanqid odatiy hisoblangan narsaning hali mukammal emasligiga qaratilgan bo’ladi;
tanqidning yo’qligi – bu uni to’g’ri qabul qilish qobiliyatini mensimaslik yoki unga ishonmaslik ko’rsatkichidir;
tanqid qiluvchining boshqa tomonga munosabatini anikdab olish imkonini beradi;
agar tanqid qiluvchi xato qilganda ham uning ishni batafsil qarab chiqishga intilishini qo’llab-quvvatlash kerak.
Shu bilan bir qatorda, tanqid o’z doirasidan chiqib haqorat darajasiga ko’tarilmasligi lozim. Haqorat – bu kishining nafsiga, izzatiga tegadigan so’zlar bilan qadr va obro’ni tushirish niyatida yomon muomala qilishdir. Hadisga asoslangan holda shuni aytish kerakki, haqorat – bu axloqsizlik bo’lib, tahqir qilingan kishini o’ta ranjitishi mumkin. Shunday ekan, har qanday tanqid o’z chegarasida asoslangan bo’lishi zarur. Aks holda tanqid xaqoratga aylanishi mumkin.
Rahbarning faoliyati notiklik san’ati ko’nikmalarini, ya’ni turli shakllardagi nutqning (u xoh xizmat kengashidagi axborot berish bo’lsin, xoh konferentsiyalar va seminarlardagi ma’ruza, munozaralardagi, taqdimotlardagi chiqishlar va shu kabilar bo’lsin) tuzilishi, uni tayyorlash malakalarini va turli shakllardagi nutqlarni tinglovchilarga yetkazish ko’nikmalarini egallash lozimligini talab qiladi. Ko’pgina odamlar orasida nutq so’zlash ko’nikmalari tarbiya, ma’lumotning umumiy darajasi, insonning muayyan shaxsiy sifatlari bilan bog’liq bo’ladi. SHunga qaramasdan, notiqlik san’ati ko’nikmalari notiqlik san’atining asosiy qoidalarini bilgan holda to’plangan kasb tajribasi jarayonida hosil bo’ladi. Bu qoidalarni bilish insonga o’z nutqini ancha qulayroq shaklda – tinglovchilarning samarali qabul qilishi nuqtai nazaridan ham, shuningdek, tinglovchilarning nutq so’zlayotgan kishining kasbiy sifatlariga ijobiy baho berish nuqtai nazaridan ham taqdim etishga imkon tug’diradi.
Notiqlik san’atining asosiy qoidalari universal hisoblanadi, ya’ni ular omma orasida nutq so’zlash vaziyatlarida tatbiq etilaveradi: