10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə17/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
10-мавзу

Ma’muriy–buyruqbozlik tizimida rahbarlikning yakkayu yagona usuli mavjud edi. Ushbu usul buyruq orqali boshqaruvchi rahbar hamda buyruqni so’zsiz ijro etuvchi rahbarga bo’ysunuvchi xodimlar munosabatlari ko’rinishida edi. Bu tizimda buysunuvchi xodimlardan faqat bir narsa – rahbar buyrug’ini itoatkorlik bilan, ko’r-ko’rona bajarish talab etilardi. Bunday vaziyatda ijrochi har qanday mas’uliyatni o’zidan soqit qilishi, biror tashabbuskorlik ko’rsatishga intilmasligi tabiiy edi. O’ta iqtisodiy tanglik vaziyatlaridagina qo’llanishi mumkin bo’lgan rahbarlikning bu buyruqbozlik usuli hozirgi davr sharoitlarida samarasizdir.
Personalni boshqarishning demokratik usuli esa moddiy boyliklar yaratuvchi mehnatkash inson bilan munosabatlarni qadrlash, o’zaro ishonch, hurmat, hamkorlik asosiga qurish tamoyillariga tayanadi. Bunday uslubga amal qiluvchi rahbar o’zida amaliyotchi–tashkilotchi, nazariyotchi–tahlilchi va psixolog–tarbiyachi xislatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi darkor.
Insonlarga samarali rahbarlik qilish uchun nafaqat boshqaruv san’atini egallash, mohir tashkilotchi va tarbiyachi bo’lish, balki shaxsiy obro’ga ega bo’lish ham talab etiladi. Bu personalni boshqarishda yetakchilik tushunchasi bilan uzviy bog’liqdir.
Personalni boshqarishda yetakchilik va ishchanlik faoliyatini ajrata bilish kerak.
Etakchilik – muayyan maqsadlarga erishish bo’yicha boshqaruv qarorlarini birgalikda amalga oshirish uchun guruhga ta’sir o’tkazish, ularni o’zining orqasidan ergashtirishdir. Yetakchilik personalni boshqarishning menejment tarkibiy qismi bilan bog’liq bo’lib, boshqaruvning asosan ijtimoiy–psixologik jihatlariga taalluqlidir.
Ishchanlik faolligi esa asosan boshqaruv biznesining tashkiliy–texnik vazifalari hal etiladigan tomonlari bilan bog’liqdir. U maqsadga muvofiq texnologik va axborot aloqalarini tashkiliy tuzilmalar tarzida shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Bunday tuzilmalar tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan. Yetakchilik esa ana shu maqsadlarga erishish uchun shart–sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
Korxonaning bir tuzilmasida qaror qabul qilish uning boshqa bo’g’inlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun yetakchilik va ishchanlik faolligi rahbarlik yagona jarayonining ikki tomonidir.
Personalni boshqarish fani rahbar hokimiyati kontseptsiyasi xususiyatlariga aniqlik kiritgan. Ular asosan quyidagilardan iborat:
Munosabatli. Guruhlar o’rtasidagi munosabatlar hokimiyat asosini tashkil etadi. Ushbu munosabatlar bir guruhga boshqa guruh munosabatlarini boshqarish imkonini beradi. Hokimiyat bu munosabatlarni boshqaruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Funktsiyali. Korxona maqsadiga erishish uchun guruhda ro’y berayotgan jarayonlarga va guruh faoliyatiga ta’sir ko’rsatish imkoni bo’lgan resurslar hokimiyat asosidir.
Ijtimoiy. Hokimiyat asosida xodimlar ongiga ta’sir kuchlari yotadi. Ulardan eng asosiysi – jamoatchilik fikri, guruh fikridir. Rahbar bunday hokimiyatni amalga oshirishga qurbi yetmasa, uning o’rniga majbur etish kuchlari keladi.
Axborotli. Rahbar uchun eng muhim hisoblangan axborot hamda axborot ustidan nazorat hokimiyat asosini tashkil qiladi.
Rahbarlikning negizi hisoblangan hokimiyatning sifat jihatlari ham mavjuddir. Hokimiyat sifati deyilganda uning o’z vazifasiga muvofiqlik darajasi tushuniladi. Hokimiyat sifati undan muayyan xo’jalik sharoitida foydalanadigan rahbarga bog’liq. Hokimiyatni belgilovchi manbalar xususiyatlariga qarab, hokimiyat sifatining uchta darajasini ko’rsatish mumkin:

  1. Birlamchi. U majburlash vositasi bo’lgan kuchga asoslangan hokimiyatdir. Bu holda rahbar faoliyati turi chegaralanadi, egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo’lmaydi. Bu egallab turilgai lavozim hokimiyatidir.


  2. Yüklə 282,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin