10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari


–rasm. Vrum–Yetton–Yago yetakchilik modeli



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə13/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
10-мавзу

5–rasm. Vrum–Yetton–Yago yetakchilik modeli.

Mazkur uslublarning har biri guruhga rahbarlik nuqtai nazaridan quyidagilarni anglatadi:


Al – rahbar o’zida mavjud bo’lgan axborotdan foydalangan holda qaror qabul qiladi;
A2 – rahbar zarur axborotlarni o’z xodimlaridan oladi, so’ng o’zi qaror qabul qiladi;
S1 – rahbar muammo yuzasidan o’z xodimlarini yig’ilishga to’plamasdan, ular bilan fikrlashadi va muammoni hal etish yuzasidan takliflarni oladi. SHundan so’ng o’z xodimlari takliflarini hisobga olgan holda o’zi qaror qabul qiladi;
S2 – rahbar xodimlarini to’plab, muammoni ularga tushuntiradi. Bu yig’ilish davomida u xodimlari g’oya va takliflarini umumlashtiradi. SHundan so’ng qaror qabul qiladi. Bu qarorda xodimlar g’oya vatakliflari hisobga olinishi ham, olinmasligi ham mumkin.
G1 – rahbar xodimlarini guruhga to’plab, ularga muammoni tushuntiradi. Ular birgalikda bu muammoni hal etish yo’llarini izlaydilar. Shundan so’ng, rahbar xodimlar takliflarini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi.
G2 – rahbar xodimlarini guruhga to’plab, ularga muammoni tushuntiradi. Ular bildirgan takliflarni umumlashtirish yoki “aqliy hujum” asosida birgalikda qaror qabul qiladilar. Bu holatda yetakchi, asosan, muammo yuzasidan bahslarni muvofiqlashtiruvchi vazifasini o’taydi.4
Yuqorida keltirilgan yetakchilik modellari ushbu masalaga turlicha yondashuvlarni aks ettiradi. Shunga qaramasdan, hozircha “personalni boshqarish” fanida yetakchilik muammolari keng ko’lamda va chuqur tadqiq etilmagan. Aslini olganda, yetakchilik – san’atdir. Tadqiqotchilarning yetakchilik bo’yicha yaxlit birorta nazariyani asoslab bermaganliklarini ham shu bilan izohlasa bo’ladi.
Shu sababli yetakchilikka vaziyatga qarab yondashish nuqtai nazari saqlanib qolmoqda. Tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan rahbar yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda yetakchilik uslubini tanlab olishga qodirdir.


3. Zamonaviy rahbar sifatlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi keskin raqobat, ishlab chiqarishdagi yuksak texnologiyalar personalni, ayniqsa ko’p ming kishilik mehnat jamoasini boshqarish mas’uliyatini o’z zimmasiga oladigan rahbarning amaliy va shaxsiy sifatlariga juda katta talablar qo’yadi.


Umuman “Rahbar qanday bo’lishi kerak?” degan savol hamma vaqt olimu fuzalolarni qiziqtirib kelgan. Shu o’rinda buyuk alloma
Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida rahbar o’zida mujassamlashtirishi zarur bo’lgan o’n ikkita xislat-fazilat haqidagi fikr-mulohazalari alohida e’tiborga molikdir. Xususan, Forobiyning fikricha. rahbar:

  1. to’rt muchali sog’lom inson bo’lib, o’ziga yuklangan vazifani bajarishida biror a’zosidagi nuqson xalal bermasligi kerak;

  2. tabiatan nozik, farosatli bo’lib, suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi;

  3. anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarini xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi;

  4. zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va bu alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi;

  1. fikrini ravshan, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi;

  1. ustozlaridan ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi, o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi;

  2. taom yeyishda, ichimlikda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi;

  3. haq va haqiqatni odil va haqiqatgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi;

  4. o’z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo’lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy-himmat bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi;

  1. ayniqsa, bu dunyo mollariga, dinor-dirhamlarga qiziqmaydigan, mol-dunyo ketidan quvmaydigan bo’lishi;

  2. tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barcha yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarni ravo ko’ruvchi, o’zi haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgan holda, har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi;

  3. o’zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.5

Ana shunday o’n ikki fazilatga ega bo’lgan shaxs Forobiy fikricha haqiqiy hukmdor – rahbardir. Alloma bu xislatlarning hammasi bir kishida mujassam bo’lmasligi mumkinligini ham ta’kidlaydi. Agar bunday nodir inson topilmasa, yuqorida qayd etilgan eng muhim 5–6 fazilatga ega shaxs ham hukmdor–rahbar bo’lishi mumkin. Qolgan fazilatlar uning rahbarlik faoliyatida hosil qilib borilishi darkor.
Farobiy fikricha, xaqiqiy hukmdor–rahbar jamiyat va davlat manfaatini o’z shaxsiy manfaat va maqsadlaridan ustun qo’ya olishi, ya’ni “fozil mujohid o’z jonini shahar manfaati yo’lida tika olishi” zarur.
Buyuk olimning yetuk, adolatli, xalqparvar, ilm-ma’rifat fidoyisi bo’lgan rahbar to’g’risidagi juda qimmatli fikrlari hozirgi vaqtda mehnat jamoalarini boshqarish mas’uliyati yuklatilgan tashkilotchilarga qo’yilgan talablarga hamohangdir.
Albatta, zamonaviy rahbar uchun ko’pgina boshqa sifatlar ham xos. Zamonaviy rahbarda o’zi yetakchilik qilayotgan korxonada sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirishda personal o’rtasida ahillikka asoslangan munosabatlarni shakllantirish markaziy o’rinni egallaydi.
O’zbekistonda rahbar kadrlar tayyorlash texnologiyasini tizim shaklida zamonaviy asoslash va amalga oshirish aniqlik, ilmiylik, ob’ektivlik va amaliyotga qaratilganligi bilan muayyan afzalliklarga ega. Bu esa, o’z navbatida, rahbarlik lavozimlariga fidoyi, ishbilarmon mutaxassislar, zamonaviy rahbarlar kelishi uchun zamin hozirlaydi. Bunda rahbar kadrlar tayyorlash texnologiyasi bosqichlari uzviy holda olib boriladi. Ushbu texnologik tizimni taklif etayotgan mutaxassislar fikriga ko’ra, har bir bosqich o’ziga xos faoliyat doirasiga ega bo’lib, ularni quyidagicha sharhlash mumkin:

Yüklə 282,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin