Tannenbaum – Shmidtning yetakchilik modeli. Ushbu modelga muvofiq yetakchi yetakchilikka omil: yetakchining o’ziga, uning izdoshlariga va yuzaga kelgan vazlyatga ta’sir o’tkazuvchi yetti uslubdan birini tanlab oladi (3- rasm).
3–rasm. Tannenbaum – Shmidt yetakchilik modeli.
1-etakchi izdoshlariga erkin soha doirasida faoliyat ko’rsatish imkonini bsradi.
2-etakchi guruhga muayyan chegaralarda qaror qabul qilish vakolatini beradi.
3-etakchi muammolarni ko’rsatib beradi, xodimlardai taklif kiritishni so’raydi va qaror qabul qiladi.
4-etakchi qaror loyihasini taklif etadi, unga o’zgartirishlar kiritish mumkinligini bildiradi.
5-etakchi o’z g’oyalarini olg’a suradi va ularni jamoada muhokama qilishni taklif etadi.
6-etakchi izdoshlarini o’z qarori to’g’riligiga ishontiradi.
7-etakchi yakka o’zi qaror qabul qiladi va bu qarorni xodimlarga ma’lum qiladi.
Yuqoridagi rasmda boshqaruvning demokratik usuldan avtoritar uslubgacha amalga oshirilishi yetakchining xodimlar bilan munosabatlariga yoki ishga yondashuviga ahamiyat berishiga muvofiq tarzda aks ettirilgan. Ushbu holatda demokrat rahbar o’ziga hokimiyat izdoshlari tomonidan berilganligi, xodimlar o’z-o’zini boshqarishga hamda mehnatga to’g’ri qiziqtirilsa, topshirilgan vazifaga ijodiy yondashishga qodir (“Y” nazariyasi) degan tasavvurda bo’ladi. Avtokrat rahbar esa hokimiyat o’zining mehnat jamoasidagi maqomidan kelib chiqadi, xodimlari esa dangasa va ularga ishonib bo’lmaydi (“X” nazariyasi), degan tushunchada bo’ladi. Yuqoridagi birinchi holda mehnat jamoasining boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati bor, ikkinchi holda esa ishlab chiqarish maqsadlari, bu maqsadlarga erishish yo’llarini faqat yetakchigina belgilaydi. Biroq, bu modelь mualliflari fikricha, bu ikki qarama-qarshi nuqtai nazarlar o’rtasida oraliq yondashuvlar bo’lishi ham mumkin.
Xersey va Blanshar yetakchilik modeli.Uning eng asosiy omili bo’lib yetakchi izdoshlarining yetukligi hisoblanadi. Bu yetakchilik yetakchi tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarish qobiliyati va xohishida namoyon bo’ladi. Mazkur yetuklikning ikki xususiyati farqlanadi: