Xodimlar mehnat faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga e’tiborli bo’lishga asoslangan yetakchilik. AQShning Ogayo shtati universiteti tomonidan ishlab chiqilgan bu uslub yetakchining o’ziga bo’ysunuvchi xodimlar mehnat faoliyatini:
ishni xodimlarning o’z mehnat faoliyatidan qoniqish hosil qilish asosida mehnatni tashkil etishni nazarda tutadi.
O’tkazilgan tadqiqotlar quyidagi ikki muhim xulosa chiqarish imkonini beradi.
Birinchidan, yetakchi tomonidan mehnat faoliyatini muvofiqlashtirishga qanchalik ko’p e’tibor berilsa, quyidagi holatlarda shunchalik katta samaraga erishilishi:
reja topshiriqlari xodimlarni qoniqtirgan va ular uchun mehnat qilish yoqqan;
xodimlar yetakchi ko’rsatmalariga bo’ysunishga psixologik jihatdan to’la tayyor bo’lgan;
xodimlar belgilangan topshiriqlarni bajarish yo’llarini topishda yetakchiga bog’liq bo’lgan;
natijaga erishish maqsadida guruhga ma’muriyat tomonidan tashqi ta’sir ko’rsatayotgan hollardagina mumkin.
Ikkinchidan, yetakchi tomonidan insoniy munosabatlarga va o’ziga bo’ysunuvchi xodimlarga katta e’tibor bilan qaralganda, quyidagi hollarda eng katta samaraga erishiladi:
yetakchi va unga bo’ysunuvchi xodimlar maqomlari o’rtasida sezilarli farq bo’lmasa;
xodimlarda o’z-o’zini o’qitish va boshqaruvda ishtirok etishga moyillik mavjudligida;
topshiriqlar zerikarli bo’lib, xodimlar uchun maroqli bo’lmagan hollarda.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, yetakchi faoliyati samaradorligi boshqaruv madaniyati, ishlab chiqarish texnologiyasi, mehnat jamoasining o’z ishiga qiziqishi, korxona an’analari va boshqa omillarga ham bog’liqdir.