10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə4/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
10-мавзу

1. Yetakchilik sifati nazariyasi. Unga muvofiq, haqiqiy yetakchilar muayaan shaxsiy sifatlarga ega bo’ladilar. Xususan, R.Stogdillning fikricha, bunday sifatlar quyidagilardan iboratdir2:

  • aql yoki intellektual salohiyat;

  • hukmronlik yoki boshqalardan ustunlik;

  • o’z kuchiga ishonch;

  • faollik va ishchanlik;

  • ish mohiyatini bilish.

Biroq, amaliyot ushbu sifatlarning o’zigina yetakchilik uchun yetarli emasligini ko’rsatdi. Chunki, xuddi shu shaxsiy sifatlarga ega bo’lganlarning aksariyati izdosh bo’lib qolaverdi.
Amerikalik tadqiqotchi V. Bennis eng samarali 90 nafar yetakchi sifatlarini o’rganib, diqqatga molik xulosalar chiqardi. Uning fikricha, haqiqiy yetakchilarning quyidagi sifatlarini 4 guruhga jamlash mumkin3:

  1. Diqqat-e’tiborni boshqarish yoki faoliyati mohiyati, maqsadi va yo’nalishlari izdoshlar uchun jozibali bo’lishini ta’minlay olish qobiliyati.

  2. Muhimlikni boshqarish yoki belgilangan maqsad natijalari juda muhim ekanligi izdoshlar uchun tushunarli bo’lishi va ular tomonidan qabul qilinishini ta’minlay olish qobiliyati.

  3. Ishonchni boshqarish. O’z faoliyati izdoshlari tomonidan to’liq ishonchga sazovor bo’ladigan darajada muhimlik va izchillikka ega bo’lishini ta’minlay olish qobiliyati.

  4. O’z-o’zini boshqarish. O’zining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilish va buni o’z vaqtida tan olish qobiliyati.

Bu yo’nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yetakchilikning sifatlari quyidagicha guruhlashtiriladi:
fiziologik – tashqi qiyofa, mustahkam salomatlik, yuksak ishchanlik, faollik;
psixologik – boshqalardan ustuvorlik, hukmronlikka moyillik, mustaqillik, jasurlik, basiqlik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, qat’iyat;
intellektual – aqllilik, xotira, mantiq, dunyoqarash, originallik, fikrlash tezligi, ziyraklik, kontseptuallik;

Yüklə 282,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin