Menejer xodimlar mohiyat faoliyatini yo’naltirib turadigan va bu faoliyat natijalari uchun mas’ul boshqaruvchidir.
Etakchi izdoshlarini belgilangan maqsadlarga erishish uchun kuch-g’ayratlari, bilim va tajribalarini safarbar eta oladigan, izdoshlari tomonidan xuddi shu vazifalarni uddasidan chiqishga qodir deb e’tirof etidadigan shaxsdir.
Menejer va yetakchi o’rtasidagi farqlarni quyidagi jadvaldan yaqqol ko’rish mumkin.
Mohir menejer ish tartibli va izchil bajarilishini ta’minlaydi. Yetakchi xodimlarni ruhlantiradi.
Menejer maqsadga nisbatan sust munosabatda bo’ladi. U aksariyat hollarda o’zgalar tomonidan belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlaydi va deyarli bu maqsadlardan ishda o’zgarishlar qilish uchun foydalanmaydi. Yetakchi maqsadni o’zi qo’yadi va bu maqsaddan izdoshlarining ishga nisbatan munosabatlarini o’zgartirish uchun foydalanadi.
1-jadval Menejer va yetakchi o’rtasidagi farqlar
Menejer tashkiliy samaradorlikka erishish uchun rejaga rioya qiladi. Yetakchi kelajakni va maqsadga erishish yo’llarini tasavvur etish, bunda izdoshlarini ham maslakdosh qilish orqali bu samaradorlikni ta’minlaydi.
Menejerlar bo’ysunuvchi xodimlar bilan munosabatlarini ularning ma’muriy tizimidagi rollariga qarab yo’lga qo’yadilar. Yetakchilar esa o’zlariga maslakdoshlar izlaydilar, izdoshlari ehtiyojlari va qadriyatlarini faoliyatlarida hisobga oladilar.
Menejerlar maqsadga erishish uchun bo’ysunuvchi xodimlar faoliyatini muttasil nazorat qilib boradilar. Yetakchilar xodimlar bilan munosabatlarini o’zaro ishonch asosiga quradilar, asosiy e’tiborini ular bilan sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga qaratadilar.
Menejerlar o’z kasbining ustasi ekanligiga tayanib, muammolarni hal etish uchun bilim va tajribalarini ishga soladilar. Lekin shu hollarda muammolarni hal etish avvalgi tajribaga asoslanadi. Yetakchilar esa muammolarni hat etish uchun doimo yangicha yo’llar, yangicha yondashuvlarga intiladilar.
Bozor iqtisodi munosabatlarining rivojlanishi, ishchi kuchi o’z qiymatiga ega bo’lishi iqtisodning erkinlashuvi, umuman jamiyatdagi demokratik jarayonlar natijasidagina boshqaruvning “etakchi-izdosh” munosabatlari tarkib topa boshladi.
Ma’muriy boshqaruv o’z umrini o’tab bo’lganligi, xususiy tadbirkorlikning taraqqiy etishi, kompaniyalarni intensiv rivojlantirish uchun yangi yo’llarni izlash zarurati, shuningdek, boshqaruv nazariyasining takomillashtirilishi yetakchilik nazariyasini rivojlantirish uchun o’ziga xos ijtimoiy buyurtma bo’ldi.
Bu nazariyada yetakchilikning quyidagi uch kontseptsiyasi o’z e’tirofini topdi: