shaxsiy sifatlar – intizomlilik, tashabbuskorlik, mas’uliyat, tavakkalchilik, samimiylik, hushyorlik, e’tiborlilik, halollik.
Bugungi kunda xarizmatik yetakchi tushunchasi keng tarqalgan.
Xarizm (Yunoncha “charisma” – “ilohiy iste’dod” so’zidan) shaxsiy sifatlari bilan boshqalarga ta’sir ko’rsatish salohiyatidir. Ana shu xususiyatlarga ega bo’lgan yetakchilarda hukmronlik qilishga, faollik ko’rsatishga intilish juda kuchli, o’zlari ishonadigan narsalarning mutlaq haqiqatligiga shaxsiy ishonchlari komil bo’ladi. Hukmronlik qilishga ehtiyoj ularda yetakchilikka ishtiyoq uyg’otadi. Ular o’zlari ishongan narsalarni mutlaq haqiqat deb qabul qilishlari esa bu ishtiyoqni yanada kuchaytiradi.
Amaliyot oddiy sharoitlarda, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish uchun hamisha ham xarizmatik yetakchilik shart emasligidan dalolat beradi. Xarizmatik yetakchilik ko’proq jamoatchilik va siyosiy faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Yetakchilik uslublari.
Etakchilik nazariyasiga binoan yetakchi asosiy e’tiborini qaysi masala: mehnat faoliyatiga yoki insonga yo’naltirishiga qarab farqlash qabul qilingan. Bu yondashuv muallifi D.Mak Gregor hisoblanib, uning “X” va “Y” nazariyalari mavjuddir.
“X” nazariyasiga binoan:
odamlar mehnat qilishni yoqtirmaydi va imkoniyat bo’lishi bilanoq ishdan o’zlarini olib qochadilar;
odamlar o’zlarini mas’uliyatdan olib qochadilar, buning o’rniga ular o’zlariga rahbarlik qilishni ma’qul ko’radilar;
odamlar, eng avvalo, muhofazada bo’lishni va shu sababli, guruhda mehnat qilishni yoqtiradilar;
odamlarni mehnat qilishga majbur etish uchun zo’rlash va jazolash choralarini qo’llash kerak.
“X” nazariyasiga binoan diqqat – e’tibori ishga qaratilgan, guruhga aniq topshiriqlar beradigan, buysunuvchi xodimlar ustidan qatьiy nazorat o’rnatadigan va ularga psixologik bosim o’tkazadigan avtokratlar eng yaxshi rahbar hisoblanadilar.
“Y” nazariyasiga ko’ra esa – asosiy e’tibori insonga qaratilgan inson munosabatlari nazariyasini amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llay oladigan demokratik rahbar eng yaxshi rahbar hisoblanadi. Bu yondashuvga muvofiq:
mehnat – tabiiy jarayon, insonlar nafaqat mas’uliyatni o’z zimmalariga olishga qodirlar, balki bunga o’zlari intiladilar;
agar insonlar tashkiliy maqsadlarga daxldor bo’lsalar, ular o’zlari o’z bilimlarini oshiradilar va o’zlarini nazorat qiladilar;
umumiy maqsadga daxldorlik maqsadga erishish bilan bog’liq rag’batlantirish funktsiyasiga ega;
muammoni ijodiy hal etishda layoqatga ko’p duch kelinadi, insonning intellektual salohiyatidan esa qisman foydalaniladi.
Demokratik uslub ustuvor bo’lgan va ularning aksariyati “Y” guruhiga mansub bo’lgan mehnat jamoalarida ijtimoiy-psixologik muhit sog’lomligi ta’minlanadi.
Ammo shuni ta’kidlash kerakki, mehnat jamoalari a’zolari orasida “X” hamda “Y” sifatlari bo’lgan xodimlar mavjudligi sababli rahbarlikning avtoritar va demokratik uslublarini qo’shib olib borishga to’g’ri kelinadi.
“Laykert tizimi” uslubi ham to’rt turga bo’linadi:
“X” nazariyasiga mansub xodimlarga mo’ljallangan avtoritar uslubda yetakchi asosan xodimlarni jazolash va mehnat bilan shug’ullanishga majbur qilish yo’lini tutadi.
Bu uslub “xo’jayin–tobe” munosabatlarini ifoda etadi;
“boshliq – bo’ysunuvchi xodim” munosabatlari ustuvor bo’lgan moyillik-avtoritar uslubda xodimlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki iloji boricha cheklangan bo’ladi. Bunday jamoa a’zolarini mehnat faoliyatiga qiziqtirish moddiy rag’batlantirishga, ba’zi hollarda esa jazo choralarini qo’llashga asoslanadi;
Dostları ilə paylaş: |