10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə15/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
10-мавзу

Uchinchi bosqich. Rahbar kadrlar tayyorlash davlat tomonidan amalga oshiriluvchi uzluksiz jarayondir. SHu sababli ham bu jarayon istiqbolni ko’zda tutgan holda tashkil qilinadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida iqtidorli o’quvchi-yoshlar, talabalarda rahbarlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik fazilatlarini ilmiy asosda shakllantirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko’zda tutilgan. Buning uchun, eng avvalo, pedagogika va psixologiyaga doir tadqiqotlarda “Boshqaruv pedagogikasi”, “Boshqaruv sotsiologiyasi” sohasida erishilgan yutuqlarni to’plab, rivojlantirib, davom ettirish lozim. Bu esa davlat, millat kelajagini, mustaqillikni mustahkamlash yo’lida erishgan yutuqlarimizni ishonchli, yosh rahbarlar qo’liga topshirishimizda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
To’rtinchi bosqich. Oliy o’quv yurtlarini muvaffaqiyatli bitirib, boshqaruv organlarida faoliyat ko’rsatayotgan va o’zlaridagi rahbarlik, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qilayotgan yosh yigit-qizlar rahbar kadrlarning davlat zaxirasini shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Mazkur toifa ichidan nomzodlar tanlov asosida o’z tashkilotlarida sinovdan o’tkaziladi. Tanlovni 3 bosqichda, ya’ni: uchinchi darajali sinovni – tashkilotlarda, ikkinchi darajali sinovni – Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga kirishda, birinchi darajali sinovni esa – akademiyani bitirish jarayonida o’tkazish mumkin. Sinov shartlari, materiallari Akademiya professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilib, korxona va tashkilotlar, viloyat hokimliklari hamkorligida amalga oshirilishi lozim. Uchinchi darajali sinovdan o’tgan yosh mutaxassis – o’tmaganlarga, ikkinchi darajali sinovdan o’tganlar uchinchi darajali sinovdan o’tganlarga, birinchi darajali sinovdan o’tganlar – uchinchi va ikkinchi darajali sinovlardan o’tganlarga nisbatan rahbarlik lavozimiga ko’tarilishda imtiyozli hisoblanishi zarur. Yosh mutaxassislarning rahbarlik qobiliyati, sinovdan o’tgan vaqti va darajalari ularning professional xaritalarida qayd qilinishi darkor.
Sinov darajalariga qarab, uchinchi darajali sinovdan o’tganlarning professional xaritasi – tuman, ikkinchi darajali sinovdan o’tganlar – viloyat hokimliklari, birinchi darajada sinovdan o’tganlar – respublika “Rahbar kadrlarning davlat zaxirasi ma’lumotlari banki”ga kiritilishi mumkin.

Yüklə 282,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin