Nutq so’zlash vaqtida o’zini tutish nutqning maqsadlariga erishishni, tayyorlagan nutq rejasini amalga oshirishni ta’minlashi (zarur bo’lganda unga tuzatish kiritishi), og’zaki nutqning afzalliklaridan foydalanishga imkon berishi lozim. Ayni vaqtda, notiqning xulq-atvori (o’zini tutishi) axborotni yaxlit idrok etishga xalaqit bermasligi kerak. Ma’ruzachining ohangi tabiiy bo’lishi, nutq muammosiga va tinglovchilar tarkibiga mos kelishi zarur. Ana shundagina nutq maroqli chiqadi.