10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari


Notiqlik san’ati ko’nikmalarini hosil qilish



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə22/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
10-мавзу

Notiqlik san’ati ko’nikmalarini hosil qilish tinglovchilar bilan uchrashishga umumiy hozirlik ko’rish jarayonida quyidagi usullarni qo’llashni nazarda tutishi mumkin:

  • tasavvur qilingan tinglovchilar oldida muayyan mavzu bilan so’zga chiqish;

  • kasb faoliyatida ishlatiladigan muayyan atamalar va tushunchalar ta’rifiga aniqlik kiritish;

  • o’z chiqishlarida audio yoki video yozuvlaridan ko’rgazmali qurollar va kompьyuter texnikasidan foydalanish.

Nutq so’zlashga bevosita tayyorgarlik ko’rish notiqlik san’ati ko’nikmalarini hosil qilishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Ko’pincha notiqda mazkur bosqichga vaqt yetishmasligi yoki u o’z kuchiga ortiqcha ishonishi tufayli bunga unchalik e’tibor berilmaydi. Shu munosabat bilan shuni esda tutish kerakki, ko’pincha rahbar yoki mutaxassisning bilimi, tajribasi, malakasi, dunyoqarashi, madaniyati va boshqa shaxsiy sifatlari haqida uning so’zlariga qarab xulosa chiqdriladi. Bu, o’z navbatida, o’z-o’zini namoyon qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy holatlarda nutqning mavzusi, davomiyligi va tinglovchilarning hozirligiga qarab unga tuzatishlar kiritilishi va muayyan mazmun bilan to’ldirilishi mumkin:

  • muammoni hal qilish yuzasidan to’plangan tajriba (ijobiy va salbiy);

  • muammoni hal qilish yuzasidan takliflar;

  • xulosa.

So’zga chiqish uchun tayyorlanish vaqtida og’zaki nutqning yozma matndan farq qilishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu hol notiq tayyor matndan foydalanadigan bo’lsa, u holda tinglovchilar bilan o’zaro munosabatlarda qo’shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda og’zaki nutq yozma matndan farqli o’laroq, bir qator ustunliklarga ega bo’ladi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • nutqning ohangdorligini o’zgartirish;

  • asosiy fikrlarni ajratib ko’rsatish, tinglovchilarning diqqat-e’tiborini nutqning ayrim joylariga qaratish;

  • nutqning ifodaliligini oshirishning uslubiy shakllaridan (ritorik savollar, o’zaro muloqot shakllari va shu kabilardan) foydalanish.


Yüklə 282,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin