tashkiliy–rasmiy uslublar – rahbarning jamoada o’zini tutish qoidalari;
ijtimoiy–psixologik uslublar – ma’naviy rag’batlantirish, sog’lom muhitni yaratish, xodimlarda axloq tamoyillariga muvofiq yashash ehtiyojlarini rivojlantirish. Ular bilvosita boshqaruvga ta’sir ko’rsatadi hamda ijtimoiy vositalar – jamoada o’zaro munosabatlar tizimi, zarur xislatlar, ijtimoiy ehtiyojlarni shakllantirish omillaridan foydalanishga asoslangan;
ma’muriy uslublar – rahbarning xodimga o’zini jamoada tutishi axloq tamoyillariga rioya etishini tushuntirish, rahbarlikda adolat, insonparvarlik, xolislikka amal qilish. Ularga bevosita ta’sir ko’rsatish xosdir: har qanday me’yoriy hujjat albatta ijro etilishi shart;
— tarbiya uslublari – rahbar xodimni muayyan xatti-harakatga (ishontirish va majburlash) undaydi hamda uning faoliyati va xatti-harakatini baholaydi (mukofotlash va jazolash).
Ishontirish uslubi – rahbar xodimlarda o’z vazifatarini samarali bajarish, ish jarayonida hamkasblari bilan ahil bo’lish axloqiy sifatlarimi shakllantiradi. Ushbu uslubning samaradorligi:
rahbarning shaxsiy e’tiqodi, o’ziga bo’ysunuvchilarda shakllantirishga harakat qilayotgan sifatlarga egaligi;
insonlar bilan muloqotda bo’lish mahorati va ko’nikmalari;
o’zi tarbiyalayotganlar tomonidan hurmat-e’tiborga egaligiga bog’liqdir.
empatiya7ga layoqati;
Ijroga yo’naltirish uslubibuyruq yoki iltimos shaklida bo’lishi mumkin. Farmoyish berish rahbarning ish vositasi hisoblanadi. O’ziga bo’ysunuvchiga topshiriq berar ekan, u har gal buning uchun buyruq yoki iltimos shaklini qo’llashdan iborat axloqiy tanlovga ro’para bo’ladi.
Boshqaruv sohasida taniqli mutaxassislar G.Kunts va O’.Donnel agar rahbar bilan unga bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabat faqat buyruq asosiga qurilsa, bo’ysunuvchilar o’z imkoniyatlarining 60–65 foizi darajasida bajarishlari, xizmat vazifalarini shunchaki qoniqarli ijro etishlariga e’tiborni qaratganlar.8 Rahbar o’ziga bo’ysunuvchilar qobiliyatlarini to’la namoyish qilishlari, ularda tashabbuskorlikni faollashtirishlari uchun jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylanishlari darkor. Boshqaruvning buyruq shakli va qat’iy talablar uslubi faqatgina favqulodda holatlarda qo’l kelishi mumkin. Buyruqni so’zsiz ijro etishga majburlash ijrochilar tashabbuskorligini bo’g’adi, ularni mas’uliyatdan xalos etadi, o’zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni istisno qiladi.