10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə2/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
10-мавзу

Samarali yetakchilik o’zaro munosabatlarning yangicha “etakchi izdosh” shakli asosiga quriladi. Bu usulda yetakchi hokimiyatni uning qobiliyatini e’tirof etgan izdoshlaridan oladi. Samarali yetakchilik yetakchidan guruhda yuksak ishonchga sazovor bo’lishni, jamoa a’zolari bilan juda mustahkam va samimiy munosabatlar o’rnatishni talab etadi. Ushbu usul belgilangan maqsadlarga tez erishish imkonini beradi hamda izdoshlarning mazkur jarayonlarda ishtirok etishini taqozo qiladi.

  • Demokratik boshqaruv “saylab qo’yilgan rahbar – bo’ysunuvchi xodimlar” munosabati asosiga qo’yilgan. Bunday jamoada o’z-o’zini boshqarish yuqori darajada bo’lib, mazkur jamoa yetakchini o’zi saylaydi. Shu sababli jamoa a’zolari bo’ysunuvchi xodimlar bo’lgani holda belgilangan maqsadlarga erishish jarayoni faol qatnashchilari ham hisoblanadilar. Demokratik yetakchi muayyan darajada mehnat jamoasi izmida bo’ladi. Chunki u jamoa ishonchini oqlay olmasa, navbatdagi muddatga qayta saylanmasligi mumkin. Shu sababli mazkur usulda xodimlarning boshqaruvdagi ishtiroki yuqori darajada bo’lgani holda belgilangan maqsadlarga erishish “samarali yetakchilik” usuliga nisbatan murakkabroq kechadi.

    Personalni boshqarishda “boshqaruv”, “etakchilik”, “boshqaruvchi”, (“menejer”) va “etakchi” tushunchalarini farqlay olish kerak.
    Boshqaruv mehnat jamoasiga ularning ishlab chiqarishdagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish uchun ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
    Etakchilik – xodimlarni belgilangan maqsadlarga erishish uchun mehnat qilishga safarbar eta olish qobiliyatidir.
    Bundan boshqaruv umumiy xarakterga ega ekanligi, u hamma vaqt va xamma joyda mavjudligi, yetakchilik esa maqsadga samarali erishishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqaruvning cho’qqisi, degan ma’no anglanadi.
    Etakchilik boshqaruv o’rnini bosmaydi, balki boshqaruvni to’ldiradi. Yetakchilik odatda, boshqaruvning an’anaviy usullari ko’zlangan natijaga erishish imkonini bermagan hollarda qo’llaniladi. Shuningdek, menejer va yetakchi ham bir xil tushunchaga ega emas. Samarachi menejer albatta samarali yetakchi hisoblanmaydi.

    Yüklə 282,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin