1. Yetakchilik sifati nazariyasi. Unga muvofiq, haqiqiy yetakchilar muayaan shaxsiy sifatlarga ega bo’ladilar. Xususan, R.Stogdillning fikricha, bunday sifatlar quyidagilardan iboratdir2:
Biroq, amaliyot ushbu sifatlarning o’zigina yetakchilik uchun yetarli emasligini ko’rsatdi. Chunki, xuddi shu shaxsiy sifatlarga ega bo’lganlarning aksariyati izdosh bo’lib qolaverdi.
Amerikalik tadqiqotchi V. Bennis eng samarali 90 nafar yetakchi sifatlarini o’rganib, diqqatga molik xulosalar chiqardi. Uning fikricha, haqiqiy yetakchilarning quyidagi sifatlarini 4 guruhga jamlash mumkin3:
Diqqat-e’tiborni boshqarishyoki faoliyati mohiyati, maqsadi va yo’nalishlari izdoshlar uchun jozibali bo’lishini ta’minlay olish qobiliyati.
Muhimlikni boshqarish yoki belgilangan maqsad natijalari juda muhim ekanligi izdoshlar uchun tushunarli bo’lishi va ular tomonidan qabul qilinishini ta’minlay olish qobiliyati.
Ishonchni boshqarish.O’z faoliyati izdoshlari tomonidan to’liq ishonchga sazovor bo’ladigan darajada muhimlik va izchillikka ega bo’lishini ta’minlay olish qobiliyati.
O’z-o’zini boshqarish. O’zining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilish va buni o’z vaqtida tan olish qobiliyati.
Bu yo’nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yetakchilikning sifatlari quyidagicha guruhlashtiriladi:
fiziologik – tashqi qiyofa, mustahkam salomatlik, yuksak ishchanlik, faollik;
psixologik – boshqalardan ustuvorlik, hukmronlikka moyillik, mustaqillik, jasurlik, basiqlik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, qat’iyat;
intellektual – aqllilik, xotira, mantiq, dunyoqarash, originallik, fikrlash tezligi, ziyraklik, kontseptuallik;