Mazkur tur yetakchilikning ikki kesishmasi: gorizontal o’qda – ishga munosabat, vertikal o’qda – insonlarga munosabat ko’rinishidadir (1-rasm).
Gorizontal va vertikal o’qlarning 1 dan 9 gacha bo’linishi yetakchilik beshta asosiy uslubi zonalariga aniqlik kiritish imkonini beradi. Bu zonalarda 9,9 eng yaxshi uslub xisoblanadi. Yetakchi boshqaruvni shu darajada amalga oshirishi uchun 9,9 darajasiga erishishga maxsus mo’ljallab tuzilgan dastur asosida qayta tayyorgarlikdan o’tishi darkor. Agar yetakchida 9,1 darajasiga mos ish uslubi ustuvor bo’lsa, u personalni rivojlantirish, ularni ishga qiziqtirish, o’zaro munosabatlarni oqilona yo’lga qo’yish masalalari bo’yicha qo’shimcha tayyorgarlikdan o’tishi maqsadga muvofiqdir. 5,5 darajasida yetakchi yuqorida qayd etilgan barcha yo’nalishlar bo’yicha qayta tayyorgarlikdan o’tishi kerak. 1,1 daraja yetakchining mehnat jamoasini boshqarishga qobiliyati yo’qligidan dalolat beradi.
2–rasm. Fidlerning yetakchilik modeli.
Fidlerning yetakchilik modeli (yuqoridagi 2-rasm). Amerikalik olim, F.Fidler vaziyatdan kelib chiqqan holda yetakchilik qilish nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Uning modelida yetakchilik muayyan yetakchilik uslubi uchun ma’qul vaziyatlar: rahbar va jamoa a’zolari bilan munosabatlar; ishni muvofiqlashtirish darajasi; mansab vakolatlari (real hokimiyat, rag’batlantirish va jazolash imkoniyati) hisobga olinadi.
Buning uchun Fidler tomonidan ishlab chiqarilgan eng noma’qul xodim (ENX) shkalasidan foydalaniladi.
Ushbu shkalaga muvofiq, yetakchilar birgalikda eng samarali mehnat faoliyatiga erishishga mos ideal shaxsni shkala har bir pozitsiyasida belgilab borishlari kerak bo’ladi. Quyida bu shkala ayrim pozitsiyalari ballari misol sifatida keltirilgan:
Nodo’stona 1 2 3 4 5 6 7 8 Do’stona
Yoqimli 8 7 6 5 4 3 2 1 Yoqimli emas
Hamma narsani rad etuvchi 1 2 3 4 5 6 7 8 Hamma narsani qabul qiluvchi
Tig’iz 12 3 4 5 6 7 8 Bo’sh
Shkaladagi barcha pozitsiyalar bo’yicha ballar hisoblab chiqilgandan so’ng yetakchi uslubiga aniqlik kiritiladi. Ushbu yo’nalishda past ball to’plaganlar faoliyatini ishga yo’naltiradigan yetakchilar hisoblanadilar.