10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə11/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
10-мавзу

Ishtirok etuvchi S3 usuli. Izdoshlar yetukligi nisbatan yuqori darajada bo’lganida ko’zlagan samarani beradi. Mehnat qilishga qodir, lekin buni xohlamaydiganlar yetakchining ular bilan sherik bo’lib, o’zlarini ishga qiziqtirish omillarini topa olishlariga umid qiladilar. Rahbarlar bunday xodimlarga qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini berib, ularda topshiriqni bajarishga xohish uyg’otadilar.
Vakolat beruvchi S4 usuli yetuk izdoshlarga rahbarlik qilishning eng maqbul usuli hisoblanadi. Bu uslub asosan xodimlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu izdoshlarga belgilangan topshiriqni bajarish uchun butun majburiyatni o’z zimmalariga olishga ruhlantiradi.
Xauz va Mitchellning yetakchilik modeli. “Yo’l–maqsad” ham deb ataladigan bu usul asosiga xodimlar kuch-g’ayratlari va mehnat faoliyatlari natijalari, shuiingdek, bu natijalarga muvofiq rag’batlantirish o’zaro qat’iy bog’liq degan qoida qo’yilgan. Ana shu ta’minlangan holdagina xodimlar o’z ishlaridan qoniqish hosil qiladilar, degan xulosa chiqariladi. Mazkur modelda eng yaxshi yetakchi izdoshlariga maqsadga olib boradigan to’g’ri yo’ldan borishda yordam ko’rsatadigan rahbar hisoblanadi. “Yo’l–maqsad”da yetakchi vaziyatga qarab, rahbarlik uslubini tanlashiga xodimlar mehnat faoliyati natijasi emas, aksincha tanlangan uslubning ishni bajarish sifati va samaradorligini ta’minlashi sabab bo’ladi. Buni 2-jadvaldan ko’rish mumkin.


2-jadval
Yo’l-maqsad” modeliniig qo’llanishi



Boshqaruv vaziyati

Etakchi uslubi

Xodimga ta’sir o’tkazish yo’li

Yuksak topshiriq

Ma’muriy uslub

Topshiriqni bajarish yo’li va vositalarini tushuntiradi

Rag’batlantirish yetarli emas

Ma’muriy uslub

Etarli rag’batlantirishga erishish yo’lini ko’rsatadi yoki rag’batlantirish miqdorini ko’paytiradi

Og’ir va zerikarli ish

Qo’llab-quvvatlovchi uslub

Ishga qiziqishni kuchaytiradi

O’ziga ishonchsizlik

Qo’llab-quvvatlovchi uslub

Xodimga mas’uliyatini tushuntiradi va ishga rag’batlantirish orqali qiziqtiradi

O’zini ko’rsatish imkoiiyati yo’q

Yutuqqa erishishga
yo’naltirilgan
uslub

Xodimdan katta kuch-g’ayrat talab qiladigan maqsad belgilanadi

Vazifa yoki maqsad belgilangan

Ishtirok etuvchi uslub

Ish maqsadi, mezonlari va uslublariga aniqlik kiritiladi




Yüklə 282,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin