10-mavzu: Inson resurslarini boshqarishda yetakchilik. Reja: Yetakchilik nazariyasi asoslari. Yetakchilik uslublari



Yüklə 282,92 Kb.
səhifə10/23
tarix08.05.2023
ölçüsü282,92 Kb.
#109439
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
10-мавзу

kasbiy yetuklik: bilim, ko’nikma, tajriba umuman qobiliyat. Kasbiy yetuklik yuksak darajada va ko’rsatmalar berishga hojat qoldirmaydi;
psixologik yetuklik: ishni bajarish xohishi yoki xodimlarning mehnat faoliyatiga qiziqishi. Mazkur xislatlar yuqori darajada bo’lishi yetakchidan xodimlarni ishga rag’batlantirish uchun ortiqcha kuch-g’ayrat sarflashni talab etmaydi. Chunki, xodimlarning o’zlari maqsadga erishishga o’zlarida ehtiyoj sezadilar.
Mazkur model mualliflari yetakchi izdoshlari yetukligining to’rt bosqichini aniqlab ko’rsatadilar (4-rasm).
Ml. Xodimlar mehnat qilishga qodir emaslar va buni xohlamaydilar. Ularning yoki malakasi yetarli emas, yoki o’zlariga ishonchlari yo’q.
M2. Xodimlar mehnat qilishga qodir emaslar, lekin buni xohlaydilar. Ularniig ishga qiziqishi bor, lekin ko’nikma va tajribalari yo’q.
MZ. Xodimlar mehnat qilishga qodirlar, lekin buni xohlamaydilar. Bu holda ularga rahbar taklif qilayotgan ish ma’qul emas.
M4. Xodimlar mehnat qilishga qodirlar va yetakchi taklif qilayotgan ishni bajarishni xohlaydilar.


4–rasm. Xersey va Blanshar yetakchilik modeli.

Mazkur modelda yetakchining insoniy munosabatlarga yo’naltirilgan yondashuvi, xodimlarni qo’llab-quvvatlash, ruhlantirib turish va ularga ishonch bildirishida namoyon bo’lishi kerak. Yetakchining ishga yo’naltirilgan yondashuvida esa uning izdoshlari o’rtasida oldingi qo’yilgan vazifalarni eng maqbul usulda bajarish yo’l-yo’riqlari to’g’risida tushuntirish olib borishini taqozo etadi. Ushbu ikki yondashuvdan kelib chiqqan holda to’rtta yetakchilik uslubi shakllanadi.


Ko’rsatma beruvchi S1 usuli. U izdoshlar yetukligi kam darajada bo’lganda eng yaxshi usul hisoblanadi. Bu usulda yetakchi ko’proq ma’muriy usullarni qo’llashi, izdoshlari faoliyatini doim nazorat qilib borishi lozim.
Ishontiruvchi S2 usuli. U izdoshlar yetukligi nisbatan past darajada bo’lgan sharoitlarda eng yaxshi usuldir. Bu usulda bir tomondan ma’muriy yondashuv, ikkinchi tomondan ishlashni xohlovchilarni qo’llab-quvvatlash talab qilinadi. Bu usulni qo’llaydigan rahbar xodimlariga berilgan topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirib, bunga ularni ruhlantirib turadi.

Yüklə 282,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin