10-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish Reja



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə5/12
tarix04.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#92985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 (1)

Media ta’lim nima?
Media ta’lim interfaol, bolaga individual ta’sir etadigan usul sifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta’lim bolani mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
0 ‘quv xonalariga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internet olib kirilmoqda. Bulaming barchasi media ta’lim nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Media ta’limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) tilini, uning tarixini bilish, tushunishdir Uning pedagogil strategiyasi mediamatnlami badiiy tahlil qila olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan iboratdir. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, u haqiqatni
ifodalaydimi, kimnir.g manfaatini ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va bolalar uni qanday qabul qiladilar - bu savollar hozirgacha turli munozaralami tug‘dirmoqda.
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’limning markazida bola shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklarini hisobga olish, olingan axborot asosida tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak.
Turli davlatlar olimlarining fikrlariga ko‘ra, media ta’lim-tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarni o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Mediata’limning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborot oqimida, har xil axborotni olish, tushunib yetish, uning inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri, maqsadli foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Mediata Tim olingan axborotni integratsiya qilish, shu asosida shaxsiy fikrni bildirish va qayta olishga chorlaydi. 0 ‘z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli axborot xurujlariga qarshi fikr bildirish orqali o‘quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, media axborotdan faol va to‘g‘ri foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali
berilayotgan axborot haqida fikr yurita boshlaydi.
Shuning uchun ham mediamashg‘ulotlar:
• «Badiiy-imitatsiyali» - kichik senariylar, mediamatnlar tuzish, uni interfaol usulda namoyish etish;
• Teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epizodlarni sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish);
• Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, ma’lum mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni tushunish, qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qiladi.
Yuqoridagi didaktik materiallami tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida xulosa qilish, emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tushunishga olib keladi. Bu holat bolaning umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mediamashg‘ulotlar berilayotgan axborotni qabul qilish, o‘zlashtirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi.
1. Mediamashg‘ulotlarda kompyMerlar universal holda qo‘llanishi bilan xarakterlanadi.
2. An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to‘ldiruvchi bo‘lib kiradi. Dasturiy ta’minot ayrim mavzularni o‘qitish va o‘zlashtirish uchun mediata’lim qulay muhit yaratadi. Unda ta’lim mazmuni aniq, ravon shakllantirilgan bo‘ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minot kreativ bilan namoyish etiladi.
Mediamashg‘ulotlaming afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida bolalaming mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rivojlantiradi, Shu munosabat bilan mediamashg‘ulotlar mazmunini belgilash, tashkil etishda faqatgina o‘quv fani mazmuni nuqtayi nazaridan yondashmasdan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham
hisobga olish kerak bo‘ladi. Mediamashg‘ulot axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, ya’ni kerakli axborotni olish, uni yangi texnik vositalar yordamida qayta ishlash, amaliyotda qoilash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi.
Media mashg‘ulotlar kompyuterlashtirilgan o‘quv xonalarida, multimedia proyektor yordamida o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotni tashkil etishning o‘ziga yarasha sanitariya-gigiyena me’yorlari, bolalaming uzluksiz ishlash me’yorlari mavjud:

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin