10-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish Reja


Tarbiyalanuvchilar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə6/12
tarix04.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#92985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 (1)

Tarbiyalanuvchilar bilan ishlashni quyidagicha tashkil etish mumkin:
* videofragmentlami frontal ko‘rish;
* topshiriq, mashqlami individual bajarish;
* umumiy o‘quv loyihalari, modelli tajriba-sinovni amalga oshirishda kichik guruhlarda ishlash;
* media mashg‘ulotlami tashkil etishda ham o‘quv jarayonining hamma komponentlari o‘z aksini topishi va kompyuterdagi va kompyutersiz faoliyat almashib turishi mumkin;
* faollashtirish (o‘quv materialini takrorlash, materialni birdaniga o‘zlashtirish, kompyuterda yoki kompyutersiz);
* bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantirish, o‘quv axboroti blokining mohiyatini bilib, tushunib olish va uni mustahkamlash (kompyuterda yoki uning ishtirokisiz);
* o‘quv materiallarini amalda qo‘llay olishini nazorat qilish' (kompyuter va kompyutersiz).
Kompyuterlashgan o‘quv xonalarida o'quv faoliyatining samara!; kechishi uchun u yerda qo‘shimcha joylashtirilgan o‘quv stollaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu holat sanitariya me’yorlariga rioya etish, bolaning o‘quv faoliyatini boshqa joyda tashkil etish
imkoniyatini yaratadi. Bunday almashinuvlar bolani charchashdan saqlaydi. Agar tarbiyachi ko‘rgazmali tasvirlardangina foydalansa, ulami kompyuter ekranida namoyish etish bilan cheklanadi.
3.Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga о‘rgatishda
multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari. Maktabgacha ta’lim o‘quv tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini, o‘quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uni yechishni to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklami to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi.
Ta’lim-tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy qadriyatlariga bogiangan holda maktabgacha yoshdan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi.
Pedagog olimlaming yillar davomida ta’lim tizimida nega o‘qitamiz? nimani o‘qitamiz? qanday o‘qitamiz? degan savollarga javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? degan savolga javob beradilar. Bu esa olim va amaliyot-chilami ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni « 0‘qitishni ishlab ohiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin» degan fikrga olib keladi. Bunday fikming tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda
maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim - tarbiyaviy jarayonda pedagogik tcxnolo^iyalardan foydalanishiga alohida e’tibor berilayot ganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 802-son qaror davlat standartida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya pedagogni ta’lim-tarbiya
jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjimi oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ulaming qo‘llanilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
TaTim-tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tarbiyalanuvchilardan ko‘p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlami talab qiladi.
Har qanday pedagogik texnologiyalaming o‘quv tarbiya jarayonida qo'lanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o‘qitayotganligi va pedagog kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini oshirib, ulami fikrlashga, o‘z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolami hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zamr qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalaming o‘mi va ahamiyati beqiyosdir. Pe dagogik texnologiya va ulaming ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar tajriba talaba yoki o'quvchilaming bilimli va yetuk malakaga egaligin ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innavation) - yangilik к ritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayoa hamda o‘qituvchi va talaba yoki o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgari.,hlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.


Interfaol («inter»- bu o‘zaro, «akt»- harakat qilmoq)- o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus


shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalami tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol mashg‘ulotlarda tarbiyachining o‘rni qisman tinglovchilaming faoliyatini dars maqsadlariga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublaming o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va tinglovchilar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bimday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:
- pedagoglaming jarayonga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyligini ta’minlashi;
- mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
- pedagoglaming hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.
Mana shunday vazifalami amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalaming natijalari tasdiqlamoqda.
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabgacha bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk, barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bo-
lalami maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktabacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal
qiluvchi ahamiyatiga egaligiga asoslanadi.
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqishva ulami ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTM-lari ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Shuni ham ta’kidlab o'tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan
tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining o‘zlari tayyorlashi mumkin bo‘lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini qo‘llash mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo‘lish mumkin:
1. Monitor ekranida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilim berishga mo‘ljallangan vositalar.
2. Ko‘rgazmali qurol.
Odamzod har daqiqa sezgi a’zolari orqali axborot yig‘ib fikr qilish va hayotiy muammolami hal qilish choralarini o‘ylab topib amalga oshirish bilan kun ko‘radi. Insonlar qayerda bo‘lma .inlar, bugungi kun zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib; yangi ma’lumotlar bilan bilim bazasini yangilab borishi kerakligini taqozo etmoqda.
0‘rganilayotgan muammoning ilmiy amaliy ahamiyati shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg‘ulotlar jarayoniga qiziqishlarini oshirish va mavzuni mustaqil o‘zlashtirish samaradorligini va ahamiyatini shakllantirish.
Informatika fanini o‘qitishda multimedia tizimi haqida tushincha berish, multimedia vositalaridan foydalanib bilim olishning ahamiyati, uning yaxshi taraflarini aytib o‘tish lozim.
Multimediali o‘rgatuvchi dasturlar matn, grafika, video, tovushva animatsiyalami o‘zida tutadi. ya’ni kompyuterga yozilgan maxsus dastumi ishga tushiradi. Bu dasturlar asosan fanning nazariy bo‘limidan, amaliy mashg‘ulotlari va nazoratlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Bunday dasturlar orqali olingan bilim xotirada ko‘p vaqt saqlanadi va kerak bo‘lganda amalda qo‘llanish imkonini beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun
mashg‘ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezonini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda kampyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun, MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg‘ulot mobaynida multimedia texnologiyasidan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash hisobiga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassalarida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya berishning shakli, mazmuni va metodi ko‘pgina adabiyotlarda bayon etilgan. Jumladan, ushbu masalada P.Yusupovaning «Maktabgacha ta’lim pedagogikasi» da keng yoritib berilgan. P.Yusupova ta’lim shakli to‘g‘risida shunday yozaci: «Ta’lim shakli deganda, ta’lim
beruvchi pedagog va bolalaming maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi». Adabiyotlarda, MTM ta’lim metodlari bo‘yicha ham qator fikrlar bildirilgan. Metod - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilaming maqsad-
li ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq faoliyatlaming izchil usullar tizimidir.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin