10-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalarini joriy etish Reja


Multimedia mazmunidaii kelib chiqqan holda multimedia tushunchasining quyidagi ta’rifmi keltirish mumkin



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə2/12
tarix04.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#92985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 (1)

Multimedia mazmunidaii kelib chiqqan holda multimedia tushunchasining quyidagi ta’rifmi keltirish mumkin:
Multimedia - bir nechta axborot turlarning kompyuterda ishlov berish natijasida hosl qilingan va bitta diskka jamlangan axborot yig‘indisidir. Multimedianing shakllanish bosqicblari uning asosiy texnik ta’minoti bo‘lgan kompyuterning rivojlanishi bilan bogiiq. Multimediani tashkil etuvcKi va ulaming rivojlanish bosqichlari quyidagilardir:
Matn shaklidagi tashkil etuvchisi. Dastlab odamlar yozuvlami toshga o‘yib yozganlar, qog‘oz ixtiro qilingach parranda pati, qalam va ruchkalardan foydalanib yozuv ishlarini amalga oshirganlar. Keyinchalik yozuv mashinasi ixtiro etilgach, uzoq yillar mobaynida ulardan foydalanib kelindi. Nihoyat, kompyuterlarda «Matn muharriri» dasturi o‘matilgach, yozuv ishlari kompyuterda bajariladigan bo‘ldi. 1980-yildan boshlab esa kompakt disklarga yozish va undan foydalanish yo‘lga qo‘yildi, jumladan, 1982-yilda Polygram kompaniyasi Audio CD ni ishlab chiqdi, SONY kompaniyasi esa, o‘sha yili
standart yozuvlami CD disklarga yozishni tavsiya etdi. Natijada, SD disklarda yozish texnologiyasi rivojlanib ketdi. Ayni bir paytda mikrofon yordamida nutq va musiqa yozish ham shakllandi.
Video shaklidagi tashkil etuvchilarga videotasvirlar, grafikli tasvirlar, ma’lumot grafik-lari va hokazolar kiradi. Videotasvirlar dastlab magnit lentalarida yozilib, videomagnitofonlarda namoyish etila boshlandi, so‘ngra videotasvirlami yozish kompakt disklarda amalga oshirildi.
Multimedianing animatsiya samarasi. Multimediani tashkil etuchi axborot turlaridan biri - axborotlarga animatsiya samarasini berishdir. Bu multiplikatsion filmlarda rassomning chizgan qator chizmalari va rasmlarini tez (bir daqiqada 24 kadr tezlikda) namoyish etilishi asosida sodir bo‘Iadi. hozirgi kunda multiplikatsion filmlar kompyuterda
3D. Flash dasturi asosida yaratilmoqda. Multimediada esa maxsus dasturlar (Power Point, Makromedia Flash, Swish, Adobe Prmiere, Media Player, CD Player) orqali amalga oshiriladi.
1986-yilda Amida kompyuterida birinchi marta maxsus rolikda tovush bilan birgalikdagi animatsiya effekti namoyish qilinib, multimedianing shakllanishi nihoyasiga yetkazildi va bu yig‘ilishda to‘laqonli multimedia texnologiyasi yaratilgani e’tirof etildi. Shunday qilib, multimedia 1986-yil rasrr iy ravishda yaratilgan deb hisoblanadi.
Multimedia texnologiyisi. Dastlab ma’lum bir sohadagi texnologik jarayon mazmunini ko‘rib chiqamiz. Texnologik jarayon deganda biror bir xomashyo, material yoki axborotni ma’lum bir asbob-uskuna, vosita, qurilmalardan foydalanib, ularga ishlov berish, xossalami o‘zgartirish va qayta ishlash natijasida yaagi, sifatli mahsulot olish jarayoni tushuniladi. Demak, axborot texnologiyasi moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish
texnologiyasiga o‘xshash ma’lumotlar yoki boshlang‘ich axborotni yig‘ish, malumotlarni qayta ishlash, axborot olish, bu axborot asosida qarorlar qabul qilish uchun foydala-nuvchiga uzatish jarayonidan iborat.
Yakka tartibdagi axborotlar - nutq, matn, tasvir, grafika, musiqa va animatsiya samarali kompyuterda ishlov berilishi natijasida bitta diska joylashtiriladi va ushbu texnologik jarayon natijasida multimediali axborot texnologiyasi shakllanadi.
Multimedia texnologiyasining bir nechta ta’riflari mavjud. Jumladan, multimedia texnologiyasi - mformatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya samarali asosida o‘quv materiallami tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan ko‘rinishidagi texnolgiyasidir. to‘la multimedia
- matn, audio, video, tasvir, grafika, jadvallar va boshqa turlarning yig‘indisidan iborat. Shuni ta’kidlash kerakki, multimediali axborot shakllantirilishi uchun uning kamida uchta elementi qatnashishi shart. (nutq, tasvir va animatsiya). Masalan, radio eshittirishida beriladigan axborot yoki teleko‘rsatuvlarda ko‘rsatiladigan ovozsiz tasvirlar yoki tarbiyachi tomonidan an’anaviy metod (izohli-ko‘rgazmali, bo‘r-doska usuli) dan foydalanib o‘rganiladigan materiallaming bayon etilishi multimedia texnologiyasidan foydalanish bo‘la olmaydi.
Hozirgi davrda multimedia texnologiyasidan ko‘p sohalarda. jumladan, moliya, iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy sohalar, maishiy sohalar, reklama, kompyuter o‘yinlaridan foydalanilmoqda.
Ayniqsa, banklaming operatsion zallarida, ko‘rgazma va yarmarka zallarida, avtosalon, sayohat byurosi, aeroport va temir yoi vokzallarining zallarida reklama axborotlari to‘g‘risida keng qo‘lamda ma’lumot beriladi. Shuningdek, ishlab chiqarishda, turli muassasalarda, xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida, arxivlashtirishda va boshqa joylarda qo‘llaniladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, media mashg‘ulotlarni tayyorlash, samarali o‘tkazish tarbiyachilardan turli professional layoqat va shaxsiy sifatlami talab etadi: yuqori darajadagi kasbiy maqoratga ega bo‘lish; zamonaviy metodik tayyorgar-likka ega bo‘lish; bola bilan muloqotga kirishish, malakali psixologik, pedagogik bilimlargaega bo‘lish; yuksak ma’naviy, ma’rifiy madaniyatga ega boiish; zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirib olish va intemetdan foydala-nish, ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogic texnologiya va interfaol metodlarhi joriy qilish orqali tashkil etish.
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim muassasalari malakali mediapedagoglarni kutmoqda.
Ammo bu borada bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi:
- ta’lim muassasalarini kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi o‘rta maxsus ma’lu-motli malakali mutaxassislar (texnik xodimlar) bilan ta’minlash;
- pedagoglarini axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga o‘rgatish, ulami qayta tayyorlash va doimiy malakasini oshirib borish;
- elektron dars ishlanmalari, testlarmajmui, elektron ko‘rgazmali
qurollar va o‘quv filmlari yaratish, ulami doimiy yangilab borish;
- о‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan unumli (kuniga 10-12 soat) foydalanishni yo‘lga qo'yish;
- shu bilan birga, shubhasiz, barcha muassasalarda barqaror elektr kuchlanishi, sifatli telefon aloqasi bo‘lishini ta’minlash zarur. Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim muassa-salari zamonaviy kompyuter va axborot texnolo-giyalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglaming o‘z mehnati faoliyatiga yangicha yondashuvni, mashg'ulot o‘tish jarayonida tarbiyalanuvchilaming bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ulami tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiya-lardan samarali foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va ko‘nikma-larini shakllantirish bilan birga, ulaming mashg‘ulotni tashkil etish jarayonidagi
maqsadi, vazifalari va tutgan o‘mini o‘zgartiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisoblanib, ko‘plab bahs-munozara-larga sabab bo‘lmoqda. Lekin shunga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ulaming har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlami o‘qish, rasmlami ko‘rish va ajrata bilish tasawurlarini kengaytirish kompyuterli o‘yindasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot texnologi­yalaridan keng foydalanilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalaming rivojlanishi uchun mo‘Ijallangan kompyuterli o‘yin dasturlarining barchasi ham ta’lim 24 UNICEF to‘plam 2014 у fefral .B.Aminov - Samarqand davlat universiteti jarayonida o‘z samarasini beravermaydi. Shiming uchun ham kompyuter o‘yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondashuv va e’tibor kerak bo‘ladi.
Kompyuterli о‘yin dasturlari shunday yaratilgan bo‘lishi kerakki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasawur etilishi lozim. o‘yin dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olishi, uni qanday bajarish kerakligini
o‘ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maktab-gacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilaming axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich savodxonligini ham oshirbh zarur, ya’ni kompyuteming umumiy tuzilishi, asosiy qurilmalari to‘g‘risida umumiy tushunchalami, klaviaturadan foydalana
olish nalakalarini hosil qilish mumkin. Bu ishlar tarbiyalanuvchilarning: kompyuter o‘yinlaridan foydalana olish bo‘yicha malaka va ko'nikmalari shakllanishida asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Mt ktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o‘yin dasturlaridan foydalanish ta’rbiyalanuvchilarda bir qator ijobiy sifatlarning shakli liiishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratadi:
- o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi;
- mustaqil harakat qilishga zamin yaratadi;
- muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
- insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi;
- o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi;
- tarbiyalanuvchilarda obrazli tasawur va obrazli fikrlash rivojlanadi;
- nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlar rivojlanadi.
Kompyuterli o‘yin dasturlaridan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kompyuterli nashrlar, shu jumladan ijodiy ishlanmalar, xayoliy sayohatlar va boshqa elektron axborot resurslari yaratilmoqdaki, ulardan foydalanish bugungi kunda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ham axborot texnologiyalari vositala-ridan foydalanilmoqda. Buning uchun esa maktabgacha ta’lim muassasalarida elektron axborot resurslaridan samarali foydalangan holda elektron hujjat almashuvi yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Bu faoliyatning samaradorligi tarbiyachi-pedagoglaming ta’lim-tarbiya jarayoniga shu texnologiyalarni qo‘llashga doir bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi va amaliy ish tajribalariga ham bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida
axborot - kommunikatsion texnologiyalaridanmukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor, eng awalo, talab qilinadigan sharoitni yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy elektron axborot va uslubiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
Bugun mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlat-larda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi». Eng muhimi, bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘kqonli
rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Buning natijasida shaxs o‘z «men»ini anglay boshlaydi va boyitadi, tashqi dunyo bilan bo‘lgan aloe asida esa o‘zining ijtimoiy rolini topa oladi, yaratuvchilik qobiliyati shakllanadi. Zero, o‘z-o‘zini rivojlantirish ustida doimo ish olib boraolgan, yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash
zamonaviy pedagogikaning ustuvor vazifalaridandir.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bir vaqtning o‘zida bolalaming kompyuter savodxonligi shakllanishiga ham olib keladi. Animatsiyali ma’lumotlaming insonga ta’siri katta bo‘lib, undan. MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini ko‘proq jalb qilish xususiyatiga ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshitish orqali bilim olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon isbotlangan. MTM tarbiyala-nuvchilari monitor ekranida
namoyish etiladigan materiallami o‘rgana borsalar va kompyuterdan foydalanish bo‘yicha yetarlicha ko‘nikma hosil qilsalar, maktabda boshlang‘ich sinfda informatika fanini o‘rganishga, kelajakda esa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtida kompyuterdan foydalana olish malakasiga to‘liq ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilaming kompyuterdan foydalanish jarayonida mantiqiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga havaslari va ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari shakllanadi. Kompyuterli didaktik o‘yinlaming pedagogik jihatlaridan biri ulaming ta’limiyligidir.
Tarbiyalanuvchi o‘yin davomida bir vaqtning o‘zida ham o‘yinda ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi. Ayrim o‘yinlarda bilimlar mashqlar orqali namoyish qilinadi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin