10-mavzu. Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix12.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#142776
  1   2   3   4   5   6   7   8
ma`ruza-10



10-mavzu. Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar

Reja: 
1.
Ixtisoslik bo‟yicha maxsus dasturiy vositalar (MATLAB, MATHCAD). 
2.
Mathcad dasturida oddiy hisoblashlar. 
3.
Mathcad dasturida grafiklar. 
Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda odatdagi 
dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas, balki Mathematica, MatLab, Maple, Gauss, 
Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik dasturlar keng qo‟llanilyapti. 
Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad – yuqorida sanab o‟tilgan ro‟yxat ichida eng mashhur 
paket bo‟lib, ilmiy – texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e‟tibor 
berilmasdan (masalan: Fortran, C, Paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik 
modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash 
muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o‟tish mumkin: 
Mathcad 
muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko‟rinishda ifodalanadi. Masalan, 
daraja yuqorida, indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an‟anaviy 
joyida turadi. 
Mathcad 
muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. 
Foydalanuvchi 
Mathcad
– hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiyMatni bira to‟la 
hisoblash va ifodani kiritishda yo‟l qo‟yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko‟rish 
imkoniyati ham mavjud. 
Mathcad
paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular 
orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo‟ladigan muammolarni hal 
qilishimiz mumkin. 
Mathcad 
xos bo‟lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o‟tmoqchimiz: 
1.
Chiziqli va chiziqli bo‟lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish; 
2.
Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala) 
yechish; 
3.
Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish
4.
Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya 
va ko‟pgina boshqa amallar); 
5.
Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar); 
6.
Funksional bog‟liqlikning maksimum va minimumini izlash.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin