Mathcad dasturida o‟zgaruvchilarning satrli tipi mavjud bo‟lib
ularning qiymatlari
qo‟shtirnoq ichida beriladi va ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Quyida satr
ustida bajariladigan funksiyalar keltirilgan:
-concat(s1,s2) – s1 va s2 satrlarni
birlashtiradi;
-num2str(z) – z sonni satrga aylantiradi;
-str2num(s) – s satrni songa aylantiradi;
-str2vec(s) – s
vektorni songa aylantiradi;
-vec2str(v) – v vektorni satr ko‟rinishda aniqlaydi;
-strlen(s) – s
satr uzunligini aniqlaydi;
-search(s,s1,n) – s satrda s1 belgini n-marta qatnashgan o‟rnini aniqlaydi;
-substr(s,n,m)- s satrni n- belgisidan boshlab m- belgisigacha qirqib oladi.
Satr ustida bajariladigan funksiyalarga doir misollar.
Uch o‟lchovli grafiklar.
Mathcad dasturida uch o‟chovli grafiklarni ham tasvirlash mumkin. Uch o‟lchovli grafik
sohani
hosil qilish uchun
1. Menyu satridan Insert – Graph-Surface plot ni tanlang.
2. Klaviaturadan Ctrl+2 ni tanglang.
1.7-chizma. Uch o’lchovli grafiklarni hosil qilish.
1.2.2. Mathcadda asosiy operatorlar
Mathcad dasturida +, *, -, / ga o‟xshash oddiy operatorlardan
tashqari yana bir qancha
operatorlar mavjud. Masalan matrisani Transponirlash, determinantini hisoblash yoki integral va
hosilani hisoblashning maxsus operatorlari qo‟llaniladi.
Operatorlar ro‟yxati.
Ko‟pgina operatorlarni operatorlar palitrasidan foydalanib ishchi hujjatga kiritish mumkin.
Quyida operatorlarni klavishlar yordamida qanday hosil qilish mimkinligi keltirilgan. Bu
keltirilgan jadvalda quyidagi belgilashlar ishlatiladi:
- A va B massivlarni ifodalaydi. (vektor va matrisalar);
- u va v haqiqiy va kompleks elementli vektorlar;
- M
kvadrat matrisani ifodalaydi;
- z va w haqiqiy va kompleks sonlarni ifodalaydi;
- x va y haqiqiy sonlarni ifodalaydi;
- m
va n butun sonlarni ifodalaydi;
- i- diskret argumentni ifodalaydi;
- t- ixtiyoriy o‟zgaruvchi;
- f
funksiyani ifodalaydi;
- X va Y o‟zgaruvchi yoki turli ifodalar.
Dostları ilə paylaş: