T a k l i f n o m a. Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun kullanuvchi yozma
axborot.
Taklifnomaning asosiy zaruriy kismlari.
T a r j i m a i x o l. Ma’lum bir shaxs tomonidan uz shaxsiy xayoti va faoliyati
haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai xol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki
muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir.
Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, birok tarjimai xolda ayrim kismlarning bo`lishi
shart.
T ye l ye g r a m m a. Muxim xabarning telegraf orkali berilgan nixoyatta kiska
shakli. U biror muassasadan ikkinchisiga yo`llangan rasmiy hujjat xisoblanadi.
Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilangan manzilga xabarni uz vaqtida
yetkazishni ta’minlay olmasa, bunday xollarda xabarni zudlik bilan yetkazish uchun
telagrafdan foydalaniladi.
T ye l ye f o n o g r a m m a. SHoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga
telefon orkali yetkazishdir. Telefon vositasida bo`ladigan bunday mulokot rasmiy
hujjat sifatida qabul qilinadi va ish kogozining bir turi xisoblanadi.
Xizmat muomalasining bu turi ko`pincha shaxar yoki rayonda joylashgan
muassasalar urtasida amalga oshiriladi.
T i l x a t. Ma’lum shaxs yoki muassasadan pul, hujjat, kimmatbaxo buyumlar yoxud
boshqa narsa olinganligini tasdiklovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi xamda pulli va kimmatbaxo hujjat sifatida
saklanadi.
T u sh u n t i r i sh x a t i. Xizmat soxasidagi, xizmatga alokador masalani, uning
ayrim jixatlarini yozma izoxlovchi va muassasa (bulim) raxbariga (ichki) yoki
yukori tashkilotga (tashki) yo`llanuvchi hujjatdir.
X i z m a t x a t l a r i. Muassasalar orasida xizmat alokalarini amalga oshiruvchi
asosiy hujjatdir. Xat orkali bajariladigan masalalar kulami juda keng bulib, bunday
yozishmalar vositasida turli kursatmalar, surovlar, tushuntirishlar, javoblar,
iltimoslar, takliflar, xabarlar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilib olinadi. Mazmun
jixatdan turlicha bo`lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan xolda xizmat xatlari deb
yuritiladi. Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish jarayonida kullaniluvchi
hujjatlarning umumiy mikdoriga nisbatan 80 foizni tashkil qiladi.