Qisqacha xulosalar
Raqobatli firma bozor narxini qabul qiluvchi bo’lganligi sababli, uning daromadi ishlab
chiqarilgan mahsulotning miqdoriga proporsional tengdir. Tovarning narxi firmaning
chekli foydasi va o’rtacha foydasiga ham teng bo’ladi.
Foydani maksimallashtirish uchun, mahsulot miqdorini tanlashi kerak, unga ko’ra
chekli daromad chekli harajatga tengdir. Raqobatlashgan firmaning chekli foydasi bozor
narxiga teng bo’lgani uchun firma miqdorni tanlaydi va bu chekli harajatga teng bo’ladi.
Shu sababdan firmaning chekli harajat egri chizig’i uning taklif egri chizig’idir.
Qisqa muddatli holatda agar maxsulot narxi o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past
bo’lsa, firma o’zining doimiy harajatlarini qoplay olmaydi, firma vaqtinchalik berkilib
turadi. Uzoq muddatli holatda agar narx o’rtacha umumiy harajatdan kam bo’lsa, firma
ham doimiy ham o’zgaruvchan harajatni qoplay oladi, ular bozordan chiqishni
tanlashadi.
Erkin kirib chiqish bozorida uzoq muddatli holatda foyda nol darajaga tushadi. Uzoq
muddatli muvozanatda barcha firmalar samarali miqdorda mahsulot ishlab
chiqaradi, narx esa o’rtacha umumiy harajatning eng kam qiymatiga teng bo’ladi,
firmalar soni esa narxda talab etilgan miqdordan qoniqishni moslashtiradi.
Turli vaqt oraliqlari orqali talabdagi o’zgarishning turli ta’siri bor. Qisqa muddatli
holatda, talabga bo’lgan o’sish narxlarni ham oshiradi, foydaga olib boradi. Talabning
tushishi narxlarni tushishiga olib kelib, yo’qotishga sabab bo’ladi. Ammo firmalar
bozorga erkin kirib chiqishsa, uzoq muddatli holatda firmalar soni nol foydali
muvozanatga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: