Firmalarning faoliyatini to’xtatish haqidagi
qarorini tahlil qilar ekanmiz,
yo’qotilgan mablag’lar bunga misol bo’la oladi. Firmalar vaqtinchalik faoliyatini
to’xtatishi bilan doimiy harajatlarni to’lashlari shart. Natijada doimiy harajatlar qisqa
muddatda yo’qolib boradi, firma ishlab chiqarishda ularni rad qilishi mumkin.
Firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig’i chekli harajatlarning bir qismi bo’lib,
o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarga tegishlidir va doimiy mablag’harajatlarning miqdori
taklif qaroriga ta’sir qilmaydi.
10.5. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori
Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarorida bozordan chiqish faoliyatni
to’xtatish bilan barobar. Agar firma bozordan chiqsa mahsulot savdosidan keladigan
daromadni yo’qotadi. Ammo u nafaqat o’zgaruvchan
harajatlarni, balki doimiy
mablag’harajatlarni ham tejab qoladi. Shu sababdan firma uning umumiy harajatlari
ishlab chiqarish daromadidan kam bo’lsa, u bozordan chiqishga to’g’ri keladi.
Biz bu tushunchani matematik tushuntirish orqali yanada aniqroq qilamiz.
Agar TR
umumiy daromadni bildirsa, TC esa umumiy harajatlarni bildiradi.
Agar
TR < TC
bo’lsa,
firma bozordan chiqadi
Agar o’rtacha daromad o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa, firma
bozordan chiqadi. Buni miqdorga Q ga bo’lish orqali amalga oshiramiz.
TR/Q < VC/Q
bo’lsa firma bozordan chiqadi
Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad narxni miqdorga ko’paytirilishidan
kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o’zgaruvchan harajatlarni miqdorga bo’linishidan
o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar (AVC) chiqadi. Va firmani bozordan chiqishi
quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC
bo’lsa firma bozordan chiqadi
Bunday tahlil yangi ish boshlashni istagan tadbirkorlar uchun ham to’g’ri keladi.
Firma
bozorga kirib kelishi mumkin, qachonki u foyda ko’rishni boshlasa, ya’ni
P > AVC
bo’lsa firma bozorga kiradi.
Endi raqobatli firmaning uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirish
strategiyasini ko’rib chiqamiz.
Bozorga kirish va chiqishni tahlil qilar ekanmiz, uning foydasini tahlil qilishimiz
foydali. Foyda umumiy harajatni (TC) umumiy daromaddan (TR) ayirish natijasiga
teng:
TR - TC = Foyda
Bu ta’rifni miqdorga (Q) ko’paytirish va bo’lish
orqali amalga oshirishimiz
mumkin:
(TR/Q – TC/Q) x Q = Foyda
E’tibor berish kerakki, TR/Q bu o’rtacha daromaddir, ya’ni narx P, TC/Q esa
o’rtacha umumiy harajatdir:
Foyda = (P - ATC) x Q
Bu yo’l bilan ifodalash firmaning foydasini o’lchashda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: