uning daromadi ishlab chiqarishning o’zgaruvchan harajatlaridan past bo’lsagina
to’xtatishi mumkin,.
Quyidagi matematik tushuntirish faoliyatni to’xtatish tushunchasiga oydinlik kiritadi.
Agar TR umumiy daromadni izohlasa, VC esa o’zgaruvchan harajatlar deb olsak, unda
firma qarori quyidagicha yoziladi:
TR < VC
Agar o’rtacha umumiy daromad o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa,
firma o’z faoliyatini to’xtatadi. Buni miqdorga Q ga bo’lish orqali amalga oshiramiz.
TR/Q < VC/Q
Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad (TR) narxni (P) miqdorga (Q)
ko’paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o’zgaruvchan harajatlarni miqdorga
bo’linishidan o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar (AVC) chiqadi. Va firma o’z faoliyatini
to’xtatilishi quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC
Agar mahsulot narxi o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa, firma o’z
faoliyatini to’xtatadi. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarni qoplamasa, firma
o’z faoliyatini to’xtatgani ma’qul. Firma o’z faoliyatini to’xtatishi bilan o’z
mablag’larini yo’qotishi mumkin, agar ishlab tursa, undan ham ko’proq mablag’
yo’qotishlariga to’g’ri keladi. Kelajakda shart-sharoitlar o’zgarib narx o’rtacha
o’zgaruvchan harajatlardan ortiq bo’lishiga olib kelsa, firma qayta ochilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: