Bu savollarga 10.1- jadvaldagi oxirgi ikki ustun javob beradi.
10.1-jadvaldagi to’rtinchi ustun o’rtacha daromadni ko’rsatadi, ya’ni umumiy
daromad hisoblanadi (uchunchi ustun) ishlab chiqarish miqdoriga bog’liq.
Ushbu holat raqobatli bozor va boshqa hil firmalarga qo’llanilishi
mumkin
bo’lgan umumiy qoidani ko’rsatadi: umumiy daromad ishlab chiqarish miqdorining
ko’patmasiga teng (P x Q), o’rtacha daromad esa umumiy daromadni ishlab chiqarilgan
miqdorga bo’lish orqali aniqlanadi. Shu sababdan barcha firmalar uchun o’rtacha
daromad mahsulotning narxiga tengdir.
Beshinchi ustun chekli daromad bo’lib, qo’shimcha sotilgan mahsulotdan
umumiy daromadning o’zgarishidir. 10.1-jadvalda chekli daromad bir litr sutning narxi
6$ga teng. Ushbu natija raqobatli bozor uchun qo’llanilishini ko’rsatadigan
qoida
umumiy daromad (P x Q), P esa raqobatli bozor uchun o’zgarmas. Demak, Q bir
birlikka o’sganda, umumiy daromad P dollarga ko’payadi. Raqobatli bozor uchun
chekli daromad mahsulotning narxiga tengdir.
Dostları ilə paylaş: