10. Mavzu:"Idrok xaritasi". Mavzuni "Idrok xaritasi" asosida yoritib berish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/9
tarix13.05.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#112866
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Annotatsiya: Ushbu maqolada liderlik xususiyatlari va emotsional intellekt darajasi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganilgan. Emotsional intellektning tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirish va takomillashtirishning ahamiyati va muhimligi ko‘rsatib berilgan. Emotsional intellektning liderlik va boshqaruvchilik sifatlari namoyon bo‘lishidagi ahamiyati ochib berilgan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, empatiya va boshqalarning his-tuyg‘ularini fahmlay olish qobiliyati emotsional intellektning liderlik va boshqaruvchilik xususiyatlariga ta’sir etuvchi eng muhim tarkibiy qismlari bo‘lib hisoblanadi.
Abstract: This article studies the relationship between the effectiveness of leadership and emotional intelligence. The components of emotional intelligence and the importance of its development and improvement are determined. The significance of emotional intelligence in the manifestation of leadership and managerial qualities are discovered. The results of the study showed that the most important components of emotional intelligence, affecting the manifestation of leadership and managerial qualities are the empathy and recognition of the emotions of other people.
 

19.”O‘zbekistonning fizik olimlari dunyo nigohida” rasmli ko’rgazmali vosita tayyorlash va taqdim qilish.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fizik olimlari guruhi jahonda ilk bor yangi elementar zarracha mavjudligini eksperimental tarzda ko‘rsatishdi.

Fanlar akademiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining karbon yadrolari bilan to‘qnashuvlarining tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha aniqlandi.


Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2 ga teng. 
Kuzatilgan rezonans strukturaning fon taqsimotidan eksperimental oshishi 122 ± 20 hodisani yoki 4.5 standart xatolikni (sigmani) tashkil etdi.
Yangi rezonans zarracha to‘g‘risida olingan natijalar haqida mualliflar tomonidan tayorlangan maqola «World Scientific» xalqaro nashriyot kompaniyasining «Web of Science» va «Scopus» bazalarida indeksiyalangan «International Journal Of Modern Physics E» (Nuclear Physics) nomli ilmiy jurnallarida chop etildi. 
Akademik Behzod Yo‘ldoshev ilmiy rahbarligidagi o‘zbek fizik olimlari guruhi hozirgi paytda yangi zarracha kuzatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy to‘qnashuvlarga oid boshqa eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilishmoqda.

8. Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv testlar tuzish.


Bundan tashqari fanning yo'nalishidan kelib chiqqan holga va talabalar darajasidan kelib chiqqan holga test turlari, shakllari tanlanishi lozim. Test turlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Eslash, yodda saqlash, tanish kabi psixik jarayonlarning borishini ta'minlovchi testlar. Bu testlar mustahkamlash va tekshirish vazifasini bajaradi.
2.O'zlashtirishning reproduktiv darajasini o'lchovchi testlar. Bu testda talaba o'z bilimlarini tipovoy ya'ni o'rgangan holatida qo’llay olishi talab etiladi. Bu testlarni ishlashda talaba to'rt xil psixologik operatsiyani bajarishi lozim:
a) formulani eslash;
b) tengliklarni eslash;
v) shunga o'xshash misollarni eslash;
g) misolni eslash.
Bunday test talabalarda bilim, malaka va ko'nikmalarini baholashga yordam beradi. Ammo bu testda ko'proq qo’llay olish nazarda tutiladi. Bunday testlar ijodiy fikrlash darajasiga ta'sir etmaydi va ularni reproduktiv testlar deb atash o'rinli bo'ladi.
3.Produktiv test turi. Bunday testni echishda talabadan ijodiy yondashuv talab etiladi. Bunday testni yechish uchun talaba 5-6 ta operatsiyani bajarishi lozim. Bu test mantiqiy fikr yuritishni va izchillikni talab etadi. Buning uchun o’quv jarayonida echilgan mashqlardan bir oz boshqacharoq (netipovoy) vazifalar tanlab olinishi kerak bo'ladi.
4.Izlanuvchan – ijodiy test turi. Ma'lumki ijod - bu qandaydir yangi yyechimni opishdir. Buning uchun bu testda standart bo'lmagan vazifalar beriladi. Bu murakkab test bo'lib, ijodni rivojlantirishda va iqtidorli talabalarni tanlab olishda ishlatiladi.
Testlarning shakliga ko'ra ham ularni bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1.Yopiq testlar. Bu test shart yoki so'roq va bir qancha javoblardan tuzilgan bo'lib, bittasi to’g’ri javob hisoblanadi. Uning yopiq test deyilishiga sabab, talaba o'zining to’g’ri javobini bera olmaydi. U faqat mavjud javoblardan bittasini tanlashi mumkin. Bunday testlarni tuzishda yuzakilikdan ehtiyot bo'lish kerak va javoblar tuzayotganda mantiqiylik va tahlilga asoslanishi lozim.
2.Ochiq testlar. Bu testda shart va so'roq beriladi. Javob esa mustaqil talaba tomondan topiladi. Bunda eng muhimi o'zak so'z tushirib qoldirilishi mumkin, ana shu o'zakda esa so'z topilishi lozim.
3.Munosiblikni tanlashga qaratilgan testlar. Bu testlar ajratish va joy – joyiga qo’yish kabi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi.
4.Izchillikni o'rnatishga bag’ishlangan test. Bunda tartibsiz berilgan elementlar izchil ketma–ketlikda joylashtirilib chiqishi kerak.
Test topshiriqlarining yalpi joriy etishdan avval, tanlangan maqsadli guruhda sinovdan o‘tkazish, olingan natijalar va baholashning obektivligi tahlil qilinishi lozim. Bunda olingan natijalar va testlaming maqsadga muvofiqligi test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni bo‘yicha baholanadi. Mezon o'rganilayotgan geografik obektning xususiyatlarini o'zida toiiq aks ettirib, u talabalar tomonidan mazkur xususiyatlami aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra: 1) Reproduktiv daraja; 2) Produktiv daraja; 3) Qisman-izlanishli daraja; 4) Ijodiy (kreativ) darajada boiishi mumkin. Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari talabalaming tomonidan yodda saqlangan geografik bilim, ko‘nikma va malakalami tanish odatiy vaziyatda axborotlami qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Bu darajada tuzilgan testlar talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalami aniq baholash imkonini bermaydi. Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan o‘rganilgan geografik obektlami qiyoslash, o‘xshashlik va farqlami aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi. Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari talabalar tomonidan o‘rganilgan geografik obektlaming xususiyatlarini boshqa obektga ko‘chirish, mazkur obektlami taqqoslab, keyingi obektning 0‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Talabalar tomonidan mazkur darajadagi test topshiriqlariga javob berishda avval o‘zlashtirilgan bilimlar yangi vaziyatlarga ko‘chiriladi. Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo'lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan awal o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalami yangi kutilmagan vaziyatlarda qoilashni talab etadi. Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan bo‘yicha tasdiqlangan DTS ining minimal darajasiga, qismanizlanishli va ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSining maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur.
7.Filologiyaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so’zlar tahlili.
Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi:
Ya'ni oliygohga kirgan vaqtingiz yangi muhit bilan tanishasiz qisqa qilib aytganda yangi olamga tushib qolasiz va judayam ko'p erishish mumkin bo'lgan yutuqlar bilan tanishib, oldinga qo'ygan maqsadlaringizni yanada kengaytirib olasiz.Misol uchun oliygoh davrida ilk bor davlat stipendiantlari bo'lish haqida ma'lumot olasiz va unga erishish uchun harakat qilasiz bitta maqsad sizga qo'shiladi va shu tarzda davom etadi;)
Ushbu:

  • Davlat stipendiantlari sohibi bo'lishingiz uchun sizdan judayam ko'p maqola sertifikatlari talab qilinadi;

  • Zulfiyaxonim sohibasi bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz ham ushbu sertifikatlar sizga yordam beradi;

  • Keyinchalik o'qishingiz davomida bir qancha grand dasturlari, haqida ma'lumot topasiz, va ushbu grandlarni yutib olishingiz uchun sertifikatlaringizga alohida ahamiyat berishadi va ular orqali tanlovda qabul qilinish imkoniyati sizda yuqori bo'lishi mumkin;

  • Sizdagi keyingi maqsad albatta magistratura bo'ladi va magistratura bosqichi bakalavrga nisbatan kam talabalarni qabul qiladi,,, Maqola sertifikatlaringiz orqaligina sizda yana kirish imkoniyati yuqori bo'ladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin