10. Mavzu:"Idrok xaritasi". Mavzuni "Idrok xaritasi" asosida yoritib berish


Qisqa qilib aytganda ilmiy maqolaning o'rni talabalikdan boshlab PhD bo'lasizmi, o'qituvchi bo'lasizmi judayam muhim hisoblanadi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/9
tarix13.05.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#112866
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qisqa qilib aytganda ilmiy maqolaning o'rni talabalikdan boshlab PhD bo'lasizmi, o'qituvchi bo'lasizmi judayam muhim hisoblanadi.
Maqola yozish tartiblari?Maqola yozish jarayonlarida nimalarga e'tibor berish kerak?
Maqolaning asosiy qolipi:

  • Maqola sarlavhasi

  • Annotatsiya

  • Kalit so'zlar

  • Asosiy qism

  • Adabiyotlar

kabi qismlardan iborat bo'ladi.

Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Ilmiy maqolaning sarlavhasi qisqa va loʻnda boʻlishi, ayni vaqtda imkon qadar mohiyatan material mazmunini aks ettirishi lozim.
Maqolaning dastlabki qismida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qisqa va loʻnda shakldagi annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmuni) hamda kalit so'zlar keltirilishi lozim.
Ilmiy maqola, odatda, tuzilish jihatidan bir nechta qismga boʻlinadi. Maqolaning kirish qismida muhokama etilayotgan mavzuning dolzarbligi taʼriflanadi va asoslab beriladi, shuningdek, tadqiqot sohasi, obyekti va predmeti, tadqiqotning maqsadi, vazifalari muammo sifatida qoʻyiladigan masalaning yechimi, taklif etilayotgan yechimning nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Maqolaning asosiy qismida olib borilgan ilmiy izlanish doirasida qoʻllanilgan tadqiqot uslublari taʼriflanadi, tadqiqotning toʻplangan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan umumiy natijalari keltiriladi. Odatda, bu qism hajm jihatdan maqolaning 80-90% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, asosiy qismda olingan natijalarning ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy jihatdan sinovdan oʻtkazish natijalari haqida maʼlumotlar keltiriladi.
Maqolaning yakuniy qismida kirish qismida qoʻyilgan masalaning yechimi sifatida baholanadigan ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga molik xulosa va tavsiyalar keltiriladi. Ilmiy izlanish nima maqsadda, kim/nima uchun amalga oshirilgani haqidagi fikrlar bilan yakunlanadi hamda olib borilgan ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy yoki iqtisodiy samarasi haqida fikr bildiriladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin