100 ichida o'quvchilarni nomanfiy butun sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi. Reja: Kirish. Asosiy qism


Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/10
tarix05.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#152367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurd ishim Kirish. I bob

5. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.

Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, kattakichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi.Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.


Kontsentlarga ajratish o`nli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni og`zaki,
yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.
Talabalarda ushbu mavzu bo'yicha bilim ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar:
I. Har bir talaba:
1. Konsentirlar bo'yicha «nomerlash» mavzusini maz- muni va vazifalarini bilishi;
2. O'quvchilarni o'zlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash jarayoni:
a) fanlar aro aloqadorlik va sonlarni xonalar bo'yicha o'zaro uzviyligiga bog'liq metodlar:
b) natural sonlar qatorining hosil qilish prinsiplari:
d) Sonning o'nli tarkibi to'g'risida:
e) konsetrlar bo'yicha sonlarning o'qilishi va joy- lashuvi:
g)yangi sanoq birligining hosil qilinishi:
h)konsentrlar bo'yicha sonlarning joylashuv tarkibi:
i) xona birliklari bo'yicha munosabat:
j) sonlar tarkibining o'qilishi va yozilishini bilishi kerak.
Mavzuni o'rganish jarayonida ko'rgazmalilikdan foydalanish.
II. Bilish kerak:
- mavzu bo'yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo'shiluvchilari yig'indisi shaklida tasvirlash;
- darslik bo'yicha ko'rgazmalar asosida suhbatlar olib borish:
- o'quv materialini o'zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o'yinlar tanlash:
- bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil bo'lishi bo'yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish:
- turli xil ko'rinishdagi ko'rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o'tilgan materiallarni
mustahkamlash va bayon qila olish. Nomerlash metodikasi bosqichda o'qituvchining vazifasi
bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali
sonlarni sanay olishini, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu
asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat.
Buning uchun o'quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta'minlash zarur:
1) o'quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi:
2) Predmetlarni sanashni shakllantirish:
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlash- tirib olishlari kerak;
4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib nomerini aytib bera olishlari kerak;
5) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo'lishini ongli o'zlashtirishlari kerak;
6) Raqamlarni o'qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo'ya olishlari kerak;
7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
8) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo'shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini
mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak;
9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko'rinishdagi matematik yozuvlarni o'qiy olishlari va bunday
yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo'yishlarini bilishlari kerak.
10) miqdorlar yordamida predmetlarni o'zaro taqqoslash, «Ko'p», «Kam», «Ortiq», «Baland»,
«Past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi:
- Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.
Nomerlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar konsentirlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi.
Birinchi prezidentimiz I.Karimov 2004-2008 yillarda halq ta'limini isloh qilish to'g'risidagi ko'rsatmasida, ayniqsa, boshlang'ich ta'limga e'tibor berish, uni malakali o'qituvchilar bilan ta'minlash zarurligini eslatib, boshlangich ta'lim halq ta'limining poydevori, ya'ni asosi, deb aytgan edi.Shuning uchun boshlangich ta'limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini qayta ko'rib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlangich ta'lim predmetlari ichida matematikani o'qitish asosiy o'rin tutadi. Matematika dasturi o'z ichiga avvalo natural sonlar bilan to'rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar va kasr sonlar metodikasi kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin