3- § Yozma nomerlash.
Birinchi o’nlikdan o’tib yozma nomerlash sanoqda birliklarni o’nli guruhlash va raqamlarning turgan o’rniga ko’ra qiymati prinsipini qo’llashga asoslangan. Ulardan ongli foydalanish uchun sonni xona sonlariga (qo’shiluvchilariga) ajratishni bilish kerak (15 bu 10 va 5 yoki 1 ta o’nlik va 5 ta birlik) buni esa bolalar og’zaki nomerlashni o’rgangan edilar. Ikki xonali sonni raqamlar bilan belgilashda raqamlarning o’rni abak- ikki qator cho’ntaklari bo’lgan jadvallar yordamida tushuntiriladi.: abakning yuqori qatorida alohida cho’plar o’ntaliklar uchun, postdagi qatorda raqamlar uchun cho’ntaklar mavjud. O’qituvchi ikki xonlai sonning yozilishini tushuntirishga kirishar ekan, yuqoridagi cho’ntakka cho’plarni soladi, bolalar esa birlar va o’nlar sonlarini raqamlar bilan belgilab, mos xolda pastdagi cho’ntaklarga soladilar, va aksincha 10 va 20 sonlar yozuvi alohida qaraladi: 1 (2) raqami sonda 1 ta (2) o’nlik borligini bildiradi, 0 raqami sonda birlar yo’qligini bildiradi. Kuzatishlar natijasida bolalarning o’zlari mustaqil xulosa chiqaradilar o’ngdan chapga tomon hisoblaganda birinchi o’ringa birlar, ikkinchi o’ringa o’nlar yoziladi.
Yozma nomerlashni o’zlashtirishga sonlarni o’qish va yozish mashqlaridan tashqari raqamning o’rniga ko’ra qiymatini aniqlashga doir maxsus mashqlar imkon beradi:
1) quyidagi sonlar yozuvida har bir raqam nimani bildirishini tushuntiring:
12, 20, 15, 10, 18,
Masalan, o’qituvchi yuqoridagi o’ng cho’ntakka bittalab, o’ntagacha cho’p solinadi. Bolalar ularni ovoz chiqarmay sanaydilar (hammasi bo’lib 10 ta cho’p, bitta o’nlik). O’qituvchi cho’plarni dasta qilib bog’laydi va uni ikkinchi cho’ntakka soladi, birinchi cho’ntakka yana 3 ta cho’p soladi va so’raydi. “Hamma cho’plar nechta bo’ldi? ” (Hammasi bo’lib 13 ta cho’p- bitta o’nlik va 3 ta birlik).
20 va 10 sonlarning hosil bo’lishi va belgilanishi alohida qaraladi. Bolalar holning yangicha qo’llanilishi bilan tanishadilar. O’qituvchi bolalarga tushuntiradi, masalan, yuqoridagi cho’p cho’ntakka bir bog’lam- o’nta cho’p soladi, o’ngdagi cho’ntakka esa bitta hamm cho’p solinmadi. Pastdagi qatorda bitta o’nlikni 1 raqami bilan belgilaymiz va h.k. o’nlikdagi o’ng tomonda birliklarning yo’qligini esa 0 raqami bilan belgilaymiz.
O’quvchilar sonlarni yozishini mashq qilar ekanlar, 20 ichidagi sonlarning o’nli tarkibi va ketma ket kelish tarkibi to’g’risidagi bilimlarini mustaxkamlaydilar. Masalan, “1 ta o’nlik va 4 ta birlikdan tashkil topgan sonni yoz. Sanoqda 18 sonidan keyin keladigan sonni yoz. 14 va 16 sonini o’rasidagi sonni yoz.”
Nomerlashni o’rganish jarayonida bolalar ikkita sondan qaysi biri katta, qaysi biri kichik yoki berilgan sonlar teng ekanligini aniqlab, sonlarni taqqoslabgina qolmay, balki bu munosabatlarni “>”, “<” , “=” belgilar bilan ko’rsatiladi.
O’quvchilar sonlarni taqqoslashni ongli bajarishlari va
<, > belgilarini yozishni tezda yodlab olishlari uchun har xil mashqlar kiritiladi: Masalan,
1) Sonlarni taqqoslang, tushurib qoldirilgan > , < , = belgilarini qo’ying. 5…6, 7…6,
2) Yozuvlarni o’qing va mos sonlarni qo’ying: 5 > ,
1 < , > 3
3) Mos sonni tanlab qo’ying: > , < , = ,
Ikkinchi o’nlik sonlarni nomerlashni o’zlashtirishda uzunlikning yangi o’lchov birligi – ditsimetr bilan tanishish, kesmalarni ditsimetr va santimetr yordamida o’lchash (o’lchash natijasida murakkab ismli sonlar hosil bo’ladi) mashqlar yordam beradi. Ismli sonlarni maydalash va boshqa yurikroq birliklarga o’tkazishga, shuningdek ularni taqqoslashga doir mashqlar sonlarning o’nli tarkibi haqidagi bilimlarni mustaxkamlashga imkon beradi. Masalan, 1 dm, 1 dm 2 sm, 12 sm uzunlikdagi kesmalr chizing va ularning uzunliklarini taqqoslang. Ismli sonlarni taqqoslashda bolalar bir tomondan esa ismsiz sonlarni taqqoslashga tayanadilar:
1 dm < 12 sm, chunki 10 sm < 12 sm,
1 dm 2 sm = 12 sm, chunki 12 sm = 12 sm
Nomerlashni o’rgana borgan sari , tavsiya qilinayotgan mashqlar murakkablashtirib boriladi:
15 <16 16-1=15
16 < 17 17-1=16
16 >15 15+1=16
16>
Dostları ilə paylaş: |