100 ichida o'quvchilarni nomanfiy butun sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi. Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə9/10
tarix05.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#152367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurd ishim Kirish. I bob

«Adashmayman » o`yini

Bu oyinda bolalar doira shaklida tizilib turadilar. O`qituvchi o`yinda ishtiroq


etayotgan o`quvchilardan biriga yaqinlashib tegadi va signal bo`yicha bola boshlaydi,


1… boshqalari esa hisoblashni 2, 3, 4, 5, 6 deb davom ettiradi va navbatdagi yitti


sonining o`rniga “Adashmayman” so`zini aytadi navbatdagi o`quvchi 8 keyingilari 9, 10


, 11, 12, 13 deb sanashni davom ettiradi. Bunda faqat 7ga bo`linadigan sonlar o`rniga


navbatdagi bola “Adashmayman” so`zini aytadi. Shunday qilib 70 gacha davom etadi.


Hisoblashda adashgan bola (o`quvchi ) doirada ( safdan ) chiqadi. Belgilangan


vaqtgacha


doirada qolgan o`quvchilar yutgan hisoblanadi. “Adashmayman” so`zini boshqa sonlar


o`rnida ham ishlatish mumkin. Bu esa o`qituvchining qanday bo`lish jadvalini


mustahkamlashni nazarda to`tishga bog`liqdir




6.1 soatlik dars ishlanmasi.
Darsning mavzusi: 47+2 ko’rinishidagi xollarda qo’shish.
Darsning maqsadi: a) oq’uvchilarga yuz ichida qo’shish amalini, qo’shish amalining usullari haqida ma’lumot berish.
b) Matematika faniga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: Izlanishli metod.
Dars jixozi: Ko’rgazmali rasmlar, sonlar kassasi, tarqatma materiallar, test savollari.
Darsning borishi.

  1. tashkiliy qism.

  2. Ob havo ma’lumoti.

  3. Navbatchini aniqlash.

O’nliklar hammasi bo’lib nechta bo’ldi? (4 ta o’nlik bor edi 4 ta o’nlik qoldi biz ularga tegmadik: qo’shmadik ham, ayirmadik ham). Birlar nechta bo’ldi? (9 ta). Nima uchun 9 ta bo’lib qoldi? (7 ta edi, biz yana 2 ta qo’shdik). (7+2)


Bolalar, 7 birlikka qo’shaman 2 birlikni – men oxirgi qo’shiluvchilarni yig’indi bilan almashtiraman. (7+2 sonlarni qavslar ichida oladi). U nimaga teng? (7+2=9). Endi 9 sonini 40 ga qo’shamiz va javob 49 ni hosil qilamiz. Uni yuqorigi qatorda yozamiz.
Doskadagi yozuv quyidagi ko’rinishni oladi:
47+2=49
40+(7+2)
Demak, bolalar misolimizdagi 47 ni ikkita qo’shiluvchi 40 va 7 ga ajratib oldik, 40+7+7 misol hosil bo’ldi. Keyingi ikkita qo’shiluvchini ularning yig’indisi bilan almashtiramiz. Birlarni birlarga qo’shamiz : 7+2=9 so’ngra hisoblashni tugatamiz va misol javobini hosil qilamiz. (40+9=49)
Bu misoldan xulosa qilamizki, demak, istalgan misolda birlar har doim birlarga qo’shiladi.
Shunga qaramay, nomerlashni o‘rganishda 2-sinf matematika darsligida oldin 11-20 ichida sonlarni nomerlash, so‘ngra 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi.
Ikkinchi o‘nlik sonlarini nomerlashni o‘rganish o‘quvchilar uchun prinspial yangi bo‘lgan bilimni shakllantirishdan, ya‘ni yangi sanoq birligi sifatidagi o‘nlik tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11-20 sonlarni o‘nli tarkibi, 21-100 ichida sonlarni og‘zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‘nli tarkibi o‘rnatiladi. Sonlarning natural ketma – ketligini bilganlik asosida 13+1, 17+1, 10+3, 16-6, 19-40 ko‘rishdagi qo‘shish va ayirishni puxta biladilar.
Ikkinchi sinfda 100 ichida nomerlash bilan o‘quvchilar tanishganlaridan keyin yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishadilar, bu yerda ular o‘nta birlik – yangi sanoq birligi o‘nlikni, o‘nta o‘nlik esa yangi sanoq birligi – yuzlikni hosil qiladi, - degan o‘nli sanoq sismavzusi to‘g‘risida boshlang‘ich ma‘lumotlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, 3-4 sinflarda yangi sanoq birliklari – minglik va million bilan tanishib, bu konsentrlarda og‘zaki va yozma nomerlashni o‘zlashtirib oladilar.
3. O’quvchilarda natural son tushunchasini shakllantirish
O‘quvchilarga sanash o‘rgatilgandan keyin shu sonlarni yozma ravishda ifodalash buyuriladi. Sanash natijasida hosil bo‘lgan sonlarni va bu sonlarning raqamlar yordamidagi yozuvni natural sonlar deyish o‘rgatiladi.
Natural son tushunchasini to‘plam tushunchasi bilan bog‘lab tushuntirish zarur. Har qanday to‘plamda uni tashkil qiluvchi elementlar qancha degan savol qo‘yilganda biz to‘plam elementlarini sanash yo‘li bilan javob beramiz. 1, 2, 3, . . . sonlar bilan ifoda etiladi. Bu sonlarning har birini natural son deyish qabul qilinganligi o‘rgatiladi. Masalan, 4 sonini tushuntirayotganda, stol, stullarning 4 oyog‘i, uyning 4 tomoni, mashinaning 4 g‘ildiragi, 4 so‘m, qo‘yning 4 oyog‘i va hokazo, bularning hammasi bir xil sinfga tegishli to‘plamlar bo‘lib, bularni 4 natural soni bilan belgilash qabul qilingan.
Natural sonlar qatorini hosil qilish uchun avval bitta elementi bor to‘plamni bir bilan xarakterlaymiz. Shu yo‘sindan bir natural soni hosil bo‘ladi. Masalan, 1 ta sanoq cho‘pini olamiz. 1 ta sanoq cho‘piga yana 1 ta cho‘pni qo‘shsak, 2 ta natural soni hosil qilinadi, 2 ta cho‘pga yangi 1 ta cho‘pni qo‘shsak, 3 ta natural soni hosil bo‘ladi, va h.k. Shunday qilib, 1, 2, 3, 4, . . . natural sonlar qatori hosil qilinadi.
10 ichidagi sonlarni nomanfiy bo‘lgandan keyin, 10 dan katta bo‘lgan sonlarni nomerlashga o‘tiladi, yangi tushuncha va sonning yozuvini kiritishga to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘n bir (11), o‘n ikki (12) . . . larni tushuntirishda bitta o‘n va bitta bir, bitta o‘n va ikkita bir,dan ibora tushuntiriladi. Endi ular 2 ta raqam bilan 100 gacha sonlarni yozishni o‘rganadilar. Ikki xonali 12 va 21 sonlarida 1 va 2 raqamlarining o‘rinlariga qarab ularning qiymatlari o‘zgarishi tushuntiriladi. 12 = 10 + 2, 21 = 20 + 1 deb ikki xonali sonlarni o‘nlik va birliklarning yig‘indisi shaklida yoza olsa, ular o‘nlik va birlik xonalarning qiymatni, yozuvi, o‘nli sanoq sismavzusining mohiyatini tushunib oladilar.
Ikki xonali sonlarni nomerlashni uzunlik birliklari dm va sm bilan bog‘lab tushuntirishning afzalliklari bor. Masalan, 2 o‘nlik va 3 birlik 23 birlikka teng bo‘lishini tushuntirishda 2dm 3 sm = 23 sm kabi misollardan o‘rinli foydalanish mumkin. Sinfdan o‘ta borgan sari yuzlik va undan kata 3 xonali sonlarni nomerlash, 3 xona bilan yozilishni va har bir sonning 1, 10, 100 lardan iborat bo‘lishini tushuntirib, ularni ham xonalar yig‘indisi ko‘rinishida yozishni misollarda tushuntiriladi.
Masalan, 523 = 500 +20 +3 = 5 yuz + 2 o‘n + 3 birlik
Buni miqdorlar bilan bog‘lab tushuntirsa ham bo‘ladi.
Masalan, 623 sm = 5 m 2 dm 3 sm = 500 sm + 20 sm + 3 sm
Shunday qilib, o‘quvchilar natural sonlar qatorini hosil qilgandan keyin, bu qatorning quyidagi xossalarga ega ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bir natural sondir, undan oldin keladigan hech qanday natural son mavjud emas; har qanday natural songa birni qo‘shish bilan undan keyin keladigan natural son hosil qilinadi; natural sonlar qatorining eng kichigi bir, eng kattasi mavjud emas.
1.«O’nlik» mavzusida sonlarni raqamlashga tayyorgarlik davri.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo’ladi. Bolalar bog‗chasi yoki ba‘zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o’qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo’ladilar. Ba‘zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo’lmagan bolalar keladilar. Shuning uchun o‗qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o’qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo’lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
2. Doiracha, cho’p, bayroqchalarni sanang-chi?
3. Stolda qancha qalam bo’lsa, shuncha bayroqcha oling.
4. Qaysi doirachalar ko’p? Qizillarimi, ko’klarimi?
5.Тartib bilan qo’yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
6. 5–1, 8–2, 4–3 kabi savollar.
Тayyorgarlik davrining (6–7 mashg’ulot) asosiy vazifasi raqamlashni o’rganishga o’tish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni aniqlash.
1-sinfning 1- mavzusi 1-o’nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1–10 ta son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida raqamlashda o’qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta‘riflashdan iborat. Raqamlashni bilish natijasida o’quvchilar quyidagilarga erishadilar:
1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to’la o’zlashtirish.
2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‗rsatilganda har bir narsaning tartib raqamini aytib bera olishi.
3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo‗lishi (1 ni qo‗shish yoki 1 ni ayirish bilan).
4. Raqamlarni o‗qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to’plamini mos keltirishi.
5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.
6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo‗shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.
7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o’qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;
8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi;
Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo‗lsin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 4+1=5, 6-1=5 kabi.
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?
3. Berilgan son bilan qo’shni sonlar orasida qanday munosabatlar mavjud (, =) 10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olishi kerak.
1. 1–10 raqamlashni va ularning ketma-ketligini.
2. Har qanday sonning sonlar qatoridagi o’rnini.
3. Sonlarni taqqoslashni (, =) belgilarni qo’ya olishi Bu bosqichda o’qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketmaketlikning hadi sifatida ta‘riflashdan iborat.


Xulosa.
Xulosa qilib aytganda yuz ichida sonlarni nomerlash ustida ishlash natijasida o’quvchilar 1-100 ichida narsalarni sanashni, sonlarni qo’shish va yozishni, bir xonali va ikki xonlai sonlarni taqqoslashni o’rganadilar.
Bolalarda sonlarni, ularni turgan qatoridagi o’rniga qarab taqqoslash, shuningdek, berilgan sonlardagi o’nliklar va birliklar sonini taqqoslash malakalari shakllantiriladi.
100 ichida sonlarni ayirish va ular ketma ketligi, 21-100 sonlarini qo’shihs va yozish, ularning o’nlik tarkibi kabi biim va malakalar mustaxkamlanadi.
Yuz ichida sonlarni nomerlash ustida ishlash ma’lum uzoq vaqt davom etadi. Bu mavzuni o’rganish davomida o’quvchilar yuz ichida qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lishning turli xollari va usullari, xossalari haqida ko’nikmava malakalar tarkib topadi.
Bu mavzuni o’rganish natijasida bolalarda hisoblash malakasi, ya’ni 100 ichida istalgan sonlarni qo’shish va ayirish natijalarini sonlarning yig’indisini yoddan bilishadi.
Bundan tashqari, ko’paytirish va bo’lishning barcha xossalarini o’zlashtiradilar.
Shunday qilib, “Yuzlik” mavzusida amallarni o’rganish o’quvchilarni kelgusida hisoblashninh yozma usullarini qarashga tayyorlaydi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin