11- MAVZU. INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH VOSITALARI
11.1.Moliyaviy vositalar, ularning mohiyati, turlari va tasniflanishi.
11.2.Birlamchi moliyaviy vositalar.
11.3.Hosilaviy moliyaviy vositalar.
11.4.Firmaning investitsion jozibadorligini baholashda moliyaviy vositalarning roli.
11.5.Qimmatli qog‘ozlar investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida.
11.6.Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli.
11.7.Aktsiyadorlik kapitali hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish.
Tayanch iboralar: moliyaviy vositalar, moliyaviy instrumentlar, birlamchi vositalar, xosilaviy qimmatli qog‘ozlar, kapital, manbasi.
11.1.Moliyaviy vositalar, ularning mohiyati, turlari va tasniflanishi. Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to‘lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog‘ozlardir: ulushli (aktsiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o‘laroq moliyaviy investitsiyalarni ko‘proq portfelь investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi bo‘lib moliyaviy aktivlarning mukammal yig‘masini (investitsiyalar portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan turli operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi.
Jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi qimmatli qog‘ozlar bozoriga munosabatni qayta ko‘rib chiqishni talab qilayotgan bir sharoitlarda ushbu toifaning dolzarbligi keskin o‘sdi, chunki aynan qimmatli qog‘ozlar ko‘p jihatdan qiymatning qaytish harakati samaradorligini oshirish, mulkchilik shaklini almashtirish, uning xususiy mulk qilib berish, bozor munosabatlarini rivojlantirish muammolarini hal etish tomon yo‘l ochib beradi.
Qimmatli qog‘ozlarning iqtisodiy mohiyatini ochib berish uchun esa bu qog‘ozlarning hujjat ularsiz qimmatli qog‘ozlar maqomiga da’vo qila olmaydigan xususiyatlarini hisobga olish zarur. Iqtisodiy toifa sifatida qimmatli qog‘ozlar:
-ishlab chiqarish munosabatlari sub’eklari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari borasida real iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi;
-mablag‘ jalb qilish va qayta to‘lash vositasi sifatida ishtirok etodi;
-kredit yoki mulkchilik munosabatlarini aks ettiradi;
-o‘z egasiga ma’lum bir daromad keltirish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorda bir paytning o‘zida bozor aylanmasi ob’ekti va investitsiyalar yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi deb ta’kidlash mumkin, chunki ular mulkiy va boshqa huquqlarni, shuningdek, tomonlarning majburiyatlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatayotganiga nisbatan ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, qonun hujjatlari va amaliyotda ularning har birini batafsil tavsiflash, shuningdek, tadqiq etilayotgan ob’ektlarning o‘ziga xosliklari va xususiyatlari, umumiy jihatlarni chuqurroq o‘rganishni ta’minlaydigan ilmiy tadqiqot vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tasniflashni amalga oshirishga imkon beradigan qimmatli qog‘ozlarning sifat jihatidan hilma-hil va keng to‘plamini ishlab chiqilgan
Qimmatli qog‘oz - o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbai bo‘lib hizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi —sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har hil turlari ishlatilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlarga (qimmatli qog‘ozlarga) egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish —sotish va boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbai bo‘lib hizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 3 guruhga bo‘linadi:
davlat;
xususiy sektor;
chet el sub’ektlari.
Hamma qimmatli qog‘ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va emitentlari bo‘yicha bo‘linadi.
Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish hududiga ko‘ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi.
Xalqaro amaliyotda moliya bozorining moliyaviy instrumentlari xozirgi kunda:
-ulushli ,
-qarz majburiyatli va
-xosilaviy turlar
-va boshqa turlarga bo‘linadi.
Moliyaviy instrumentlarni ulushli instrumentlariga asosan aktsiya kiradi.Qarz majburiyatli instrumentlarga esa davlatning va xususiy sektorlarning obligatsiyalari, depozit va jam-arma sertifikatlari, kaznachey veksellari va boshqaalar kiradi
Moliyaviy instrumentlarning xosilalariga optsion, forvard va varrant ko‘rinishdagi shartnomalar kiradi.Moliyaviy instrumentning boshqa turlariga turli ko‘rinishdagi valyutalari va boshqa harakat dagi va ko‘chmas mulklar kiradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori har»kanday mamlakat moliya bozorining muxim tarkibiy qismi bo‘lib, bushu tizimda pul resurslarining tinimsiz harakyatlyanishini ta’minlaydigaы vositachi hisob lanadi. Iktisodiy mohiyatiga kura, KKB ayrim jihat lari bir-biriga mos tushadi, lekin ularni amalga oshirish usuliga kura fark qiladi. Vaktincha bush turgan pul mablag‘larini bir joyga to‘plash na ularni investitsiyalash uchuy kayta taksimlash uchun KKBning asosiy vazifyalaridan biri bo‘lib hisob lanadi.
Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi serqirra sanaladi, chunki uning asosida yotadigan iqtisodiy munosabatlar dinamikasi yuqori bo‘lib, doimiy raivshda rivojlanadi va o‘zgarib turadi, bu esa qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lishining barcha yangi shakllarida o‘z aksini topadi.
Mamlakat fanida qimmatli qog‘ozlar mohiyatiga bag‘ishlangan u yoki bu darajada chuqur tizimli tadqiqotlar mavjud emas. Qimmatli qog‘ozlarga berilgan ta’riflarning ko‘pchiligi ularni mulkiy huquqlarni tasdiqlaydigan hujjat sifatida tushunish bilan bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar mohiyatini ta’riflash va tavsiflashdani noaniqliklar tufayli respublika qonun hujjatlarida u yoki bu moliyaviy vositani qimmatli qog‘ozlar toifasiga kiritish masalalarida qarama-qarshiliklar o‘ringa ega.
Qimmatli qog‘ozlarni ikki hil – iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ko‘rib chiqish mumkin. Bunda iqtisodiy adabiyotlarda qimmatli qog‘ozlar mohiyatini ta’riflashda bir jihatning, yuridik adabiyotlarda esa – boshqa jihatning ustunlik qilishi kuzatiladi.
Bu nuqtai nazardan va ayniqsa, jahon miqyosida fond bozor nomoddiylashuvining tobora kuchayib borayotganligi sababli qimmatli qog‘ozlar deganda hujjatli (blank) yoki hujjatsiz (schetlardagi qaydlar) shakllarda tasdiqlanadigan, qarz yoki aktsiyadorlik kapitali shaklida jalb qilinadigan mablag‘larni jalb qilish, qayta taqsimlash va qayta to‘lash sohasidagi mulkiy va ular bilan bog‘liq nomulkiy huquqlarni tushunish lozim.
Umumiy, barcha qimmatli qog‘ozlarga hosbo‘lgan belgilar bilan bir qatorda, amaldagi respublika qonunchiliga ko‘ra chiqarilishi mumkin bo‘lgan har bir qimmatli qog‘oz uni boshqa qimmatli qog‘ozlardan jiddiy farqlaydigan, o‘ziga hosetokchi belgilarga ham ega bo‘ladi.
Turli qimmatli qog‘ozlar turli o‘ziga hosxususiyatlarga va turli tasnifiy belgilarga ega ekanligi sababli ularni chiqarish va muomalada bo‘lishini tartibga soladigan qonunchilik me’yorlarini bitta hujjatda yuqori malakali birlashtirish (hozirgi paytda o‘ringa ega bo‘lgani kabi) juda murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning har hil turlari dunyoda chiqariladigan xuddi shunday qimmatli qog‘ozlardan jiddiy farq qiladi va o‘ziga hosta’riflarga ega hisoblanadi. Masalan, aktsiyalar faqat egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar sifatida, korporativ obligatsiyalar faqat ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlari tomonidan, Qimmatli qog‘ozlar hosilalari – faqat emitentning optsionlari yoki qimmatli qog‘ozlar fьyuchersi sifatida chiqarilishi mumkin. To‘laqonli qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, uning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida birinchidan, respublikada chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tularini kengaytirishga, ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlarning har bir turi ichidagi qimmatli qog‘ozlar turlarini kengaytirishga (masalan, Qimmatli qog‘ozlar hosilalari tarkibiga depozitar tilxatlar kiritish), uchinchidan, qonun hujjatlarida chiqarish ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlarni dadilroq o‘zlashtirishga intilish zarur.
G‘arbdagi ayrim mamlakatlarda aktsiyadorlik jamiyatlari belgilangan muddatga, masalan, 5 yilga tashkil etilishi, demak, shu muddatga aktsiyalar chiqarishi mumkin. Aktsiyalar muddatsizligi faqat sobiq ittifoq hududidagi mamlakatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan aktsiyalarga hosbo‘lgan xususiyat hisoblanadi (1.3-rasm).