11-ma’ruza gidrogeologiya asoslari reja


Er osti suvlarining kelib chiqishi va joylashish sharoiti klassifikatsiyasi



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə3/9
tarix20.11.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#163929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gidrogeologiya asoslari-hozir.org

3. Er osti suvlarining kelib chiqishi va joylashish sharoiti klassifikatsiyasi
Gidravlik xususiyati bo`icha yuzadagi suvlar

Er osti suvlarining paydo bo`lishi masalalari bilan inson qadimdan shug`ullanib kelgan. Qadim zamonlardan boshlab faylasuflar bu muammolar bilan qiziqib kelishgan va bu to`g`risida fikr yurita boshlaganlar. Platonning (eramizdan avvalgi III -IV asrlarda) fikricha yer osti va yer usti suvlari dengiz suvlari hisobiga hosil bo`lgan. Bu suvlar tuzlardan yoli bo`lganlaridan so`ng daryo suvlariga o`tadi va dengizlarga yer osti suvlari oqimlari ko`rinishida qaytadi deb fikr yuritgan.


Aristotelning (eramizdan avvalgi IV asrda) fikricha, yer osti suvlari tog`larda sovuq havoning quyuqlashuvi natijasida hosil bo`ladi. Demak, Aristotel birinchi bo`lib suvlarni kondensatsiya yo`li bilan hosil bo`lishi fikrini aytgan.
Mark Vitruviy Pollio (eramizdan avvalgi I asr) yer osti suvlari atmosfera yog`inlarining tog` jinslaridan sizib o`tishi natijasida hosil bo`lgan deb faraz qilgan.
XVII asrda Dekart, yer osti suvlari okean suvlari bilan tutashgan degan fikrni aytgan. Uning fikricha, yer qobig`ga sizib kirgan okean suvlari yerning issiqligi ta'sirida bug`ga aylanadi va yerning yuqori qatlamlarida quyuqlashib yer osti suvlarini hosil qiladi.
Mashhur fizik Mariot (XVI-XVII asr) yer osti suvlari-er usti suvlarining sizib o`tishi natijasida hosil bo`ladi degan nazariyani ilgari suradi. Mariot o`z nazariyasida yer osti suvlarining miqdorini yomg`ir yoqqan vaqtlarda (davrlarda) ko`payishini asos qilib olgan va bu tabiiy hodisalarni kuzatgan.
Xozirgi vaqtda yer osti suvlarining hosil bo`lishini tushuntiruvchi nazariyalar, keng ko`lamda o`tkazilgan tajribalar yordamida asoslangan va 4 ta asosiy ko`rinishda rasmiylashtirilgan.


Kondensatsiya nazariyasi
Nemis gidrologi Otto Folger 1877 yili Frankfurt-Maynda o`tkazilgan injenerlar s'ezdida zining mashhur ma'ruzasi bilan o`ziga chiqadi va yer osti suvlarining kondensatsiya yo`li bilan paydo bo`lishi nazariyasini o`rtaga tashlaydi. Otto Folger bu ma'ruzasini yer osti suvlari atmosfera yog`inlarining sizib tishi natijasida hosil bo`lishini inkor etdi. O`z e'tirozining tasdiki uchun yomgir ko`p miqdorda yoqqan davrlarda ular katta chuqurliklarga sizib o`tmaydi va yer osti suvlarini oziqlantirmaydi degan dalilni asos qilib oldi. Agar shunday yodisa bo`lsa, u holda jilg`a (soy) va daryo suvlari dengizlarga yetib bormagan bo`lar edi va o`z harakati yo`lida tog` jinslariga singib ketgan bo`lardi. Uning fikricha yer osti suvlari havoning, yerning sovuq qatlamlariga kirishi va suv bug`larining kondensatsiyaga (quyuqlashuvi) uchrashi natijasida hosil bo`ladi.

O`sha davrda mashxur meteorolog va geograf Gann uning bu nazariyasiga asosli e'tiroz bildirdi va agar suvlarining kondensatsiyasini Folger aytganidek qabul qilinsa, kondensatsiya vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik yerni shunchalik kizdirib yuborar ediki, kondensatsiyaning davom etishi uchun sharoit yo`qolardi, bundan tashqari atmosferada sizot suvlarini oziqlantirishni ta'minlaydigan, shuncha miqdordagi suv bug`i yo`q hisoblar shuni ko`rsatadiki 2 mm qalinlikdagi yer osti suvlarini hosil qilish uchun har 12 soat mobaynida I m2 yer yuzasidan 1000 m3 havo o`tishi va keyingi 12 soat maboynida atmosferaga qaytishi kerak. Ya'ni havoning tezligi 83,3 m/s tashkil qilishi kerak.


Atmosfera bilan aeratsiya mintaqasi o`rtasida bunchalik faol havo almashinuvi xech qayerda xechkim tomonidan kuzatilgan emas.
Keyinchalik bu gipoteza ma'lum yillargacha unutilib yuborildi. Kondensatsiya nazariyasini bir necha yillardan so`ng rus olimi A.F.Lebedev tajribalar asosida qaytadan rivojlantirdi.
Rus olimi A.F.Lebedev 1907-1919 yillarda Rossiyaning janubida ko`plab tajribalar o`tkazdi va Folger nazariyasiga katta tuzatishlar kiritdi.
Uning fikricha suvlar bug` ko`rinishida atmosferada hamda tog` jinslarining g`ovak va bo`shliqlarida tarqaladi. Suv bug`i bosim katta yerdan bosim kichik yer tomoniga qarab harakat qilishi mumkin. Agar tuproq yoki gruntdagi havoning namligi uning maksimal gigroskopik namligidan katta bo`lsa, suv bug`ining elastikligi (qayishqoqligi) maksimum darajaga k tariladi. Gigroskopik suv, suv bug`ining havodan yutilishi natijasida hosil bo`ladi. Ma'lumki tog` jinslaridagi (g`ovak muxitda) gigroskopik suvning miqdori atrofdagi havoning namligiga bog`liq. Havo namligining ortishi natijasida suv bug`ining bir qismi jins zarralari atrofida suv pardasini hosil qiladi. Parda ko`rinishidagi suvlar tuproqda, jinslarda zarra yuzalarining tortish kuchi ta'sirida ushlanib turadi va og`irlik kuchi ta'sirisiz qalinligi katta pardadan kichik parda tomon harakat qilishi mumkin.
Jins zarralari yuzasida parda ko`rinishida joylashgan suvning maksimal miqdorini A.F.Lebedev maksimal molekulyar namlik sig`imi deb ataydi. Gruntning kapillyar g`ovaklari va oraliqlarini gravitatsion suv to`ldiradi va ular og`irlik kuchi va gidrostatik bosim ta'sirida harakatlanadi.
A.F.Lebedevning fikricha, yer qobig` bilan atmosfera oralig`ining namlik rejimida ma'lum muvozanat mavjud.
Agar atmosferadagi suv bug`ining elastikligi (qayishqoqligi), tog` jinsi g`ovaklaridagi havo namligining elastikligidan (qayishqoqligidan) ortiq bo`lsa, suv bug`i atmosferadan tog` jinslari (aeratsiya) ichiga kirishi va kondensatsiyaga uchrab suyulishi mumkin. Demak Folger gipotezasi bilan A.F.Lebedev nazariyasi o`rtasida katta prinsipial farq bor. Folgerning fikricha tog` jinslariga havo kiradi va sirkulyasiya bo`ladi, A.F. Lebedev fikriga ko`ra esa, tog` jinslariga suv bug`lari elastiklikning farqi hisobiga kiradi.
Suv bug`ining elastikligi haroratning ko`tarilishi bilan ortib boradi. Agar jinslarning namligi maksimal gigroskopik namlikdan katta bo`lsa, suv bug`ining elastikligi maksimumga yetadi va hisoblab chiqilishi mumkin.
A.F.Lebedev o`z tajribalariga asoslanib kondensatsiya jarayoni natijasida qish oylarida tuproq qatlami Odessada 66 mm, Rostov-Donda 67-80 mm qalinlikdagi suv hisobiga to`yinishini hisoblab chiqdi.
Qish oylarida suv bug`ining harakati pastdan yuqoriga, yoz oylarida esa yuqoridan pastga yo`nalgan bo`ladi.
Suv bug`i harakati harorat o`zgarmas (doimiy) qatlamgacha davom etadi. Bu qatlamdan chuqurlashgan sari yerning harorati ortib borib va unga muvofiko`ravishda suv bug`ining elastikligi ortib boradi va harorat doimiy qatlamga pastdan suv bug`i okib keladi. Bu chuqurlikdagi suv bug`ining quyuqlashuvi A.F. Lebedevning fikri bo`icha cho`l hududlarida sizot suvlarining birinchi gorizontini hosil qiladi.
Shunday qilib geotermik gradiyent mintaqasida suv bug`larining pastdan yuqoriga harakati kuzatilishi kerak, lekin bu jarayonning jadalligi hamma qatlamlarda har xil bo`ladi. Geotermik gradiyent kichik qatlamlarda jarayonning tezligi katta va gradiyent katta qatlamlarda jarayonning tezligi kichik bo`ladi.
Agar qatlamning geotermik gradiyenti kichik va pastda joylashgan hamda geotermik gradiyent katta va qatlam yuqorida joylashgan bo`lsa, shu ikki mintaqaning chegarasida kondensatsiya tufayli tomchi ko`rinishidagi suv hosil bo`ladi.
Shunday qilib kondensatsion suvlar - havo tarkibidagi bug`larning kondensatsiyalanishi (bug`ning quyuqlashuvi natijasida suv tomchilarining hosil bo`lishi) va ularning yer yuzasiga tushishi natijasida hosil bo`ladigan suvlardir.
Bu fikrlar bilan bir qatorda A.F.Lebedev yer osti suvlarini infiltratsiya yo`li bilan hosil bo`lishini ham inkor kilmaydi.
Ayrim tabiiy mintaqalarda kondensatsiya jarayoni yer osti suvlarini oziqlantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, Sharkiy Sibirda (Buryatiya, Markaziy Yakutiya) kondensatsion suvlarning yillik miqdori 20-80 mm oralig`ida o`zgarib turadi.
V.N.Kuninning (1963) hisoblariga ko`ra qoraqum sharoitida kondensatsiya jarayonida turli chuqurliklarda yiliga quyidagi miqdorlardagi kondensatsion suvlar hosil bo`lishi mumkin (8-jadval). L. N. Poberejskiyning (1977y.) ma'lumotlariga ko`ra arid iqlimli sug`oriladigan maydonlarda sizot suvlarining atmosfera yog`inlari hisobiga oziqlanishi lyoss jinslarida sizot suvlarining chuqurligiga bog`liq ravishda quyidagi miqdorlar bilan ifodalanadi (9-jadval).

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin