2. Tog` jinslarining suvli xususiyatlari
Suv o`tkazuvchanlik
1) Suv o`tkazuvchanlik - tog` jinslarining o`z g`ovaklaridan, yoriqlaridan suv o`tkazish qobiliyati bo`lib, filtratsiya koeffitsiyenti kf ga bog`liq. Filtratsiya koeffitsiyenti kf o`z navbatida tog` jinslarining tuzilishi va tarkibi, suv bosimi, g`ovaklar va yoriqlarning o`lchamlariga bog`liq. Uning lchov birliklari, tezlikning lchov birliklari sm/sek, m/sek, m/kun bilan ifodalanadi. Gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi, yer osti suvlari dinamikasida va turli gidrogeologik hisoblarda (er osti suvlarini idora qilishda yoki ularni tortib olishda) Darsi qonunidan kelib chiqadigan filtratsiya koeffitsiyenti qo`llaniladi.
Darsi qonuniga asosan, vaqt birligi ichida tog` jinslaridan sizib tayotgan (filtratsiya) suvning miqdori (Q), sizib tayotgan kundalang kesim yuzasiga (F) va gidravlik gradiyentga (J) proporsionaldir.
Q=K * F * J (7)
Tenglamaning o`ng va chap tomonlarini F ga nisbatini olib Q / F=V bilan belgilasak, filtratsiya tezligini V=K*J ekanligini aniqlaymiz.
Bu formula, agar gidravlik gradiyent birga teng bo`lsa, filtratsiya koeffitsiyenti filtratsiya tezligiga teng ekanligini ko`rsatadi, ya'ni agar J=1 bo`lsa ,V=K.
Filtratsiya tezligi yer osti suvlarining haqiqiy tezligiga teng emas, chunki suvlarning harakati tog` jinslarining tutash g`ovaklari va bo`shliqlari orqali amalga oshadi. Tabiatdagi tog` jinslari o`zlaridan turli darajada suvni o`tkazadi. Bu xossalariga qarab suvni yaxshi o`tkazuvchi jinslar, suvni yomon o`tkazadigan jinslar va suvni o`tkazmaydigan jinslarga bo`linadi. Agar suvni yaxshi o`tkazuvchi jins qatlamlari ostida, suvni o`tkazmaydigan jinslar yotqizilgan bo`lsa, u holda suvni yaxshi o`tkazuvchi jinslarda yer osti suvlari to`planishi va harakatlanishi uchun sharoit yaratilishi mumkin. Bu qatlamlarga suvli qatlamlar deyiladi. Suvni yaxshi o`tkazadigan jinslarga shag`al, qum, yorilgan va g`ovakli qumtoshlar va ohaktoshlar kiradi. Suv o`tkazmaydigan jinslarga gillar, gil slaneslari, g`ovaksimon yoki yoriqsiz qotgan, massiv qoya tog` jinslari kiradi. Suvni yomon o`tkazadigan jinslarga esa gilli qumlar, qumoq tuproq, gilli tuproq va soz tuproq, g`ovak yoriqlari kam uchraydigan qattiq massiv jinslar kiradi.
Siniq parchali tog` jinslari suv o`tkazuvchanlik bo`icha quyidagicha taqsimlanadi:
- Suv o`tkazuvchi (yiriko`parchali va qumli) - suvni butunlay o`tkazib yuboradi;
- Yarim o`tkazuvchan (supeslar, suglinok) - suvning bir qismi g`ovaklarda qoladi;
- Suv o`tkazmaydigan (loylar) - suv o`tkazmaydi.
Suv o`tkazuvchan tog` jinslarinng tarkibida yer osti suvlari bo`lgan plastlariga suvli gorizontlar deyiladi. Ularni chegaralab turgan tog` jinslarining suv ushlab turuvchi plastlariga suvbardosh qatlam deyiladi.
Tog` jinslarining namligi.
Tog` jinslari tabiiy sharoitda doimo turli miqdordagi suvni o`z tarkibida ushlab turadi. Yer osti suvlarining sathidan yuqorida joylashgan tog` jinslarining tarkibidagi suvlarning miqdori yil mobaynida haroratning fasliy o`zgarishi, suvlarning bug`lanishi, yog`ingarchilikning yo?ishi ta'siri ostida o`zgarib turadi.
Er osti suvlarining sathidan pastda joylashgan tog` jinslari namligining miqdori esa doimiy bo`ladi va ular suvga to`yingan bo`ladi. Tabiiy namlik, tabiiy tuzilishga ega bo`lgan tog` jinsi namunalaridan aniqlanadi. Tabiiy namlikning miqdori tog` jinsi namunasini quritish yo`li bilan aniqlanadi va uning tog` jinsidagi miqdori og`irlik namligi va hajmiy namligi bilan ifodalanadi.
Wh.n=Wo.n*g (8)
Wh.n - hajmiy namlik, %;
Wo.n - og`irlik namligi, %;
g-quruq tog` jinsining hajmiy og`irligi, g/sm3.
Bu ko`rsatkichlardan tashqari, gidrogeologik tekshiruv ishlarida tog` jinslarining nisbiy namligi yoki to`yinish hamda suv bilan to`yinish tanqisligi (defitsiti) aniqlanadi.
Tog` jinsining to`yinish koeffitsiyenti deb, hajmiy namlikning g`ovaklik koeffitsiyentiga bo`lgan nisbatiga aytiladi. Tog` jinsining to`yinish tanqisligi deb, to`liq namlik sig`imi bilan tabiiy namlik orasidagi farqga aytiladi.
Namlik sig`imi. Tog` jinslarining ma'lum miqdordagi suvni o`ziga qabul qilish, si?dirish va tutib kolish qobiliyatiga namlik sig`imi deb aytiladi. U namlik sig`imi koeffitsiyenti orkali va og`irlik birligida va hajmiy foio`zlarda ifodalanadi.
Namlik sig`imi - tog` jinslarining ma'lum miqdordagi suvni o`ziga qabul qilish, sig`dirish va tutib kolish qobiliyati.
Namlik sig`imi turlari:
a) gigroskopik;
b) maksimal molekulyar;
s) kapillyar;
d) to`liq (tog` jinsidagi suv miqdori maksimal);
Namlik sig`imi darajasi bo`icha tog` jinslari quyidagilarga bo`linadi:
- yuqori darajadagi sig`imga ega (torf, loylar, suglinok);
- past sig`imli jinslar (bo`r, mergel, supes);
- sig`imsiz (qoyatoshlar, qumlar, toshqotishma (shag`al va b. qotishmasidan iborat tog` jinsi)).
Og`irlik birligidagi namlik sig`imi bilan hajmiy namlik sig`imi orasidagi bog`lanish quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Wh.n.s=Wo.n.s*g (9)
Wh.n.s - hajmiy namlik sig`imi koeffitsiyenti, %;
Wh.n.s - og`irlik birligidagi namlik sig`imi koeffitsiyenti, %;
g -quruq tog` jinsining hajmiy og`irligi g/sm3.
Tog` jinslarining namlik sig`imi gigroskopik, molekulyar, kapillyar va to`liq namlik sig`imi turlariga bo`linadi.
Gigroskopik va molekulyar namlik sig`imi deb, tog` jinslari zarralari yuzasida elektromolekulyar kuchlar bilan tutib turilgan gigroskopik va parda ko`rinishidagi suv miqdoriga aytiladi.
Kapillyar namlik sig`imi kapillyar g`ovaklar to`ldirilgandagi suv miqdoriga teng keladi. To`liq namlik sig`imi tog` jinsi g`ovaklarining barchasi to`ldirilgandagi suv miqdoriga to`g`ri keladi. Maksimal gigroskopik namlik sig`imi tog` jinslarining nisbiy namligi 100% ga teng bo`lgan havodan adsorbsiya yo`li bilan qabul qilib olgan maksimal suv miqdorini ko`rsatadi. Maksimal molekulyar namlik sig`imi tog` jinslari tarkibidagi parda ko`rinishidagi suvning miqdoriga teng keladi. Tog` jinslari namlik sig`imi bo`icha, namlik sig`imi katta jinslar (torf, il, gil, gilli tuproq), kichik namlik sig`imiga ega bo`lgan jinslar (bo`r, mergel, gilli qum, lyossimon jinslar) va namlik sig`imi yo`q jinslarga (massiv magmatik, metamorfik va cho`kindi jinslar, qum, chaqiq tosh, shag`al) bo`linadi.
Suv berish qobiliyati
Suvga to`yingan tog` jinslarining, og`irlik kuchi ta'siri ostida o`z tarkibidagi suvning bir qismini erkin holatda okizib chiqarish xususiyatiga suv berish qobiliyati deyiladi. Suv berish koeffitsiyenti orqali baholanadi:
;
Bu yerda Vs - jinsdan oqib chiqqan suv hajmi;
Vn - jinsning suvdan yoli bo`lgan qismining hajmi.
Tog` jinslarining suv berish qobiliyati, uning koeffitsiyenti bilan ifodalanadi va og`irlik birligida yoki foizlarda ifodalanadi. Solishtirma suv berish qobiliyati, 1 m3 tog` jinsidan olinishi mumkin bo`lgan suv miqdorini ko`rsatadi. Tog` jinslarining suv berish qobiliyati turlicha bo`ladi. Yirik zarrali qumlar, shag`allar va shularga xshash jinslarning suv berish qobiliyati katta bo`ladi. Gil, torf jinslari esa, umuman erkin holda suv berish qobiliyatiga ega emaslar. Tog` jinslarining suv berish qobiliyati laboratoriya usulida, yer osti suvlarining rejimini kuzatish va tajribaviy suv tortib olish tajribasining natijasidan foydalanib aniqlanishi mumkin. Suv berish qobiliyatining qiymati tog` jinsining granulometrik tarkibiga, suvning yopishkokligiga va tog` jinsidan suvning sizib tushish vaqtiga bog`liq.
Dostları ilə paylaş: |