11-ma’ruza gidrogeologiya asoslari reja


Yuvenal suvlar nazariyasi



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə6/9
tarix20.11.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#163929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gidrogeologiya asoslari-hozir.org

Yuvenal suvlar nazariyasi
Bu nazariya yer osti suvlarining paydo bo`lishini, yerning katta chuqurliklarida uning ichki endogen kuchlari ta'siri ostida sodir bo`ladi deb tushuntiradi. 1902 yilda avstriyalik geolog E.Zyuss yuvenal suvlar nazariyasini taklif kildi. Uning fikricha ko`pgina mineral suvlar, ayniksa issiq va gazli suvlar magmadan suv bug`ining ajralib chiqishi va ularni sovuq mintaqalarda kondensatsiyaga uchrashi natijasida hosil bo`ladi. Bu suvlar yerning chuqur tektonik yoriqlari va darzlari orqali yer yuzida mineral buloqlar ko`rinishida paydo bo`ladi deb tushuntiradi. Oxirgi vaqtlardagi ilmiy tadqiqotlar (N.N.Slavyanov, A.M.Ovchinnikov, S.I.Naboko) natijalari shuni ko`rsatadiki, katta chuqurliklarda joylashgan termal va mineral suvlar yer qobig`ning yuqori mintaqalari bilan yaqin bog`langan va atmosfera yog`inlari va dengiz suvlari hisobiga hosil bo`lgan. Xozirgi vaqtda ko`pgina olimlar magmadan yuvenal suvlarining hosil bo`lishini inkor kilmaydilar, lekin yer osti suvlari umumiy muvozanatida ular juda oz miqdorni tashkil qilishini ta'kidlaydilar. Yuvenal suvlar nazariyasini keyingi vaqtlarda akad. A.P.Vinogradov o`z asarlarida rivojlantirdi va maxsus tajribalar o`tkazdi. Laboratoriya sharoitida yer mantiyasi moddasining erishi va ulardan gaz ajralishi jarayonini tikladi. Tajriba natijasida, birinchi vodorod ajralib chiqishi, so`ngra suvda erigan gazlar (H2S) ajralib chiqishini isbot kildi. Bu birikmalar so`ngra Dunyo okeanini va yer atmosferasini hosil qilgan. Shunday qilib suv va gazlar mantiya moddasining qizdirib erigandagi ajralib chiqqan maxsulotidir. Boshqacha qilib aytganda yuvenal suvlar - magmadan ajralib chiqqan suvlar bug`larining kondensatsiyasi natijasida chuqurlikda hosil bo`ladigan suvlardir.
O`tgan zamonlarda bizning planetamizda ko`p sonli vulqonlar harakat qilgan, shuning uchun planetamizning butun yuzasini erish va gaz ajralib chiqish jarayoni qoplagan. Shuning uchun okean suvlari yerning chuqur qismlaridan suvning ajralib chiqishi hisobiga hosil bo`ladi deb ta'kidlaydi A.P.Vinogradov. Tarixiy davrlarda yer yuzida tarqalgan yuvenal suvlar miqdori planetamizning suv kobigini hosil qilish uchun yetarli ekanligi hisoblar orkali isbot qilindi. Xozirgi vaqtda ham yuvenal suvlar hosil bo`layotganligini vulqonlarning faoliyatini kuzatish ko`rsatayapti. Shunday qilib, yuvenal suvlar nazariyasi tarafdorlari planetamizning suv qobig`ini va boshqa suv qatlamlarini hosil qilishda yuvenal suvlarni asosiy manba deb hisoblaydilar.
A.N.Semixatov (1947 y.) yer osti suvlarini hosil bo`lishi tarixini o`rganib, fanga "Gidrogeologiya davri" tushunchasini kiritdi. Xozirgi vaqtda yer osti suvlarining hosil bo`lishini ma'lum bir geologik davrda sodir bo`ladigan, ikki bosqichda o`tadigan jarayon deb tushuniladi. Birinchi bosqich sedimentatsion – diagenetik bosqich – bu yerda yerlarning pasayishi va cho`kmalar hosil bo`ladi va sedimentatsion suvlar hosil bo`ladi; ikkinchi bosqich infiltratsion (kontinental) – bu yerda hududlarning ko`tarilishi, turli suvlarning aralashuvi va sedimentatsion suvlarning buzilishi ro`y beradi.
Xozirgi vaqtda yer osti suvlarining ko`p tasnifnomalari mavjud, chunki yer osti suvlarining joylashish sharoiti murakkab, turli tuman va turli turdagi yer osti suvlarini ekspluatatsiya qilishga qo`yiladigan talablar turli- tumandir. Yer osti suvlari, paydo bo`lishi, joylashish sharoiti,gidrodinamik ko`rsatkichi, suvli qatlamlarning litologik tuzilishi, suvli qatlamlarning yoshi va boshqa belgilariga qarab sinflarga bo`linadi. Biz ishlab chiqarishda keng qo`llaniladigan tabiiy sharoitni to`liqrok hisobga olgan yer osti suvlarining joylashish sharoiti bo`icha tuzilgan A.M.Ovchinnikov va P.P.Klimentovning tasnifnomasini ko`rib chihamiz. Bu tasnifnomada yer osti suvlari joylashish sharoiti bo`icha 3 sinfga bo`linadi:
1) aeratsiya mintaqasi suvlari;
2) sizot suvlari;
3) artezian suvlari (34-rasm).
Aeratsiya mintaqasidagi suvlar bahor faslida hosil bo`lib odatda vaqtinchalik bo`ladi. Bu suvlar uchun suv o`tkazmaydigan qatlam vazifasini suvni yomon o`tkazadigan linzasimon qatlamlar (qumoq tuproq, gilli tuproq va boshqalar) o`taydi. Sizot suvlari yer yuzasidan uncha katta bo`lmagan chuqurliklarda joylashgan birinchi suv o`tkazmaydigan qatlamlar ustida joylashadi. Sizot suvlari odatda bosimsiz bo`ladi. Artezian suvlari – bosimli suvlarga kiradi. Keng maydonda katta chuqurliklarda suv o`tkazmaydigan qatlamlar orasida joylashgan bo`lsa artezian suvlari deyiladi. Agar suvlar, qatlamlarning yuqori hamda ostki qismida suv o`tkazmaydigan qatlamlar bilan chegaralangan bo`lsa va suv o`tkazuvchi qatlam to`liq to`yinmagan bo`lsa, ularni qatlamlararo bosimsiz suvlar deyiladi.

Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin