11-ma’ruza gidrogeologiya asoslari reja


Tog` jinslaridagi suvlarning turlari



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#163929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gidrogeologiya asoslari-hozir.org

4. Tog` jinslaridagi suvlarning turlari

Tog` jinslaridagi suvlarning turlari (prof. A.F. Lebedev klassifikatsiyasi):

1) bug`simon – suv bilan egallanmagan aeratsiya zonasida joylashgan bo`lib, bug`lar elastikligi farqi natijaksida harakatlanadi. Gruntlarning namlik taqvimida (rejimida) katta rol o`ynaydi;
2) gigroskopik – zarrachalar sirti bilan mustahkam bog`langan suv. Tog` jinsi bilan muloqotda bo`lganda issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisa ushbu turdagi suvlarning boshqalaridan ajratib turuvchi belgisidir. Bu suvlar bir zarrachadan boshqasiga ko`chib o`ta olmaydi, zarrachadan ajralgan paytda bug`ga aylanadi;
3) plenkali – bo`sh bog`langan suvlar, zarrachalar sirtlarida plyonka hosil qiladi, plyonkaning qalinligi zarrachalarning moddiy tarkibi va ularning yirikligiga bog`liq. Gigroskopik suvlardan farqli ravishda bunday suvlar zarrachadan zarrachaga, qalin plyonkadan yupqa plyonkaga o`tish qobiliyatiga ega. Gilli gruntlarning xususiyatlariga ta'sir ko`rsatadi (yopishqoqlik, bo`kish, kirishish, plastiklik);
4) erkin:
a) kapillyar – sirt tarnaglig kuchlar ta'sirida kappilarlar b ylab yuqoriga ko`tariladi, poydevorlarn namlaydi, asos gruntining mustahkamligini pasaytiradi;
b) gravitatsion – oddiy yer osti suvi bo`lib, okazo'vayet gidrostatik, erituvchanlik va muvozanatlashtiruvchi ta'sirga ega;
5) kristallizatsion va kimyoviy bog`liq – minerallarning kristallik panjarasi tarkibiga kiradi;
6) muz – qattiq holatdagi suv.


5. Er osti suvlarining fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi
Gidrogeologik izlanishlarda yer osti suvlarining quyidagi xususiyatlari aniqlanadi:

1) harorati:


-sovuq (20oS dan past);
-iliq (20 40oS);
-issiq (40oS dan yuqori);
2) rangi – rang etaloniga solishtirilgan holda aniqlanadi, tarkibidagi aralashmalarga bog`liq. Asosan rangsiz;
3) shaffofligi – tarkibidagi mexanik aralashmalar, kolloidlar va organik moddalarga bog`liq. Balandligi 30 40 sm bo`lgan silindrik idishga suv solinib, uning loyqalanishi orqali shaffofligi sm larda aniqlanadi. Silindrning tubiga yozuv joylashtirilib, to uning shrifti aniq ko`ringunga qadar suv sathi pasaytiriladi;
4) hidi – besh balli shkala bo`icha aniqlanadi. Odatda hidi bo`lmaydi. Tarkibida oltingugurt vodorod bo`lsa aynigan tuxum hidini beradi;
5) ta'mi – suvda erigan mineral moddalar, gao`zlar va aralashmalar ta'm beradi: xlorli natriy – sho`r; magniy sulfat - achiq; temir tuzlari - taxir, siyox ta'mi; organik moddalar - shirin.



Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin