11 mavzu: Asosiy organik sintez texnologiyalari


Sirka kislota ishlab chiqarish



Yüklə 388,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü388,2 Kb.
#185499
1   2   3   4   5   6   7
11 mavzu. Asosiy organik sintez texnologiyalari.

 
Sirka kislota ishlab chiqarish 
Sirka kislotasini birinchi bo‘lib I. Glauber 1648- yilda olgan. Sirka kislota 
karbon kislotalarining ichida nisbatan muhimi bo‘lib, qadimda tarkibida etil 
spirti bo‘lgan ichimliklar (vino, pivo va boshqalar) biokimyoviy achitish yo‘li 
bilan olingan. Hozirgi vaqtda biokimyoviy usul bilan faqat oziq-ovqat uchun 
ishlatiladigan sirka kislota olinadi. Keyinchalik sirka kislota beryoza yog‘ochi 
chiqindilaridan olingan. Unga bo‘lgan talab o‘sib borganligi sababli, birinchi 
jahon urushi yillarida atsetilendan sirka aldegid, va aldegiddan sintetik sirka 
kislota ishlab chiqarish paydo bo‘ladi. Sirka aldegidning sirka kislotagacha 
oksidlanish uch bosqichda boradi: 
Birinchi bosqichda hosil boMgan persirka kislota kuchli oksidlovchi bo‘lib, ikkinchi 
bosqichda u sirka aldegid bilan birikib uni sirka angidridiga aylantiradi. Persirka 
kislota portlovchi modda. U portlaganda kislorod va sirka kislotaga aylanadi, 
portlashni oldini olish maqsadida persirka kislotani to ‘planib qolmasligi uchun 
oksidlash jarayonini suyuq muhitda olib boriladi. Buning uchun aldegid va 
marganets(II) atsetatning (katalizator) sirka kislotadagi eritmasidan foydalaniladi. 
(Mn(CH
3
COO)
2
) reaksiyaning ham birinchi, ham ikkinchi bosqichlarini 


tezlashtiradi. U chinchi bosqichi - angidridning gidratlanishi (1) va (2) 
bosqichlardan ko‘ra sekinroq boradi. 
Aldegidni oksidlash reaktorda (oksidlash kolonnasida) olib boriladi (109- 
rasm). Reaktor xromnikelmolibdenli po‘latdan yasalgan bo‘lib, balandligi 12 m, 
diametri 1 m. Kolonnaning ostiga aldegid va katalizatorning sirka kislotadagi 
eritmasi to ‘xtovsiz kelib turadi, kislorod esa 0,04 M Pa bosim bilan bir necha 
quvurchalar orqali mayda pufakchalar shaklida kolonnaga bir tekisda taqsimlanib 
kiradi. Sovitish va optimal haroratni ( 65—70 °C ) saqlash uchun kolonna 
ichida sovitgichlar o‘rnatilgan. Kolonnaning yuqori qismidan sirka kislota 
chiqadi va rektifikatsiyaga yuboriladi. 
Kolonnadan chiqqan gazlarni ( sirka aldegidining va kislotasining bug 6lari, 
kislorod) 
portlashdan 
saqlash uchun azot q o ‘shib 
suyultiriladi. 
Gazlar 
aralashmasi 
kondensatorga 
borib 
kondensatlanadi 
va 
kolonnaga 
qaytariladi. 
Olingan sirka kislota ketma ket 
ikkita 
rektifikatsiya 
kolonnasidan 

‘tadi. 
Birinchisida yengil qaynovchi 
qo‘shimchalardan tozalanadi
ikkinchidan esa kislota bug‘lari 
kata­ lizatordan (uchuvchan 
emas) va qiyin qaynovchi 
qo‘shimchalardan tozalanadi. 
Olingan sintetik sirka kislota 
95—99,5 % bo‘lib tarkibida 
0,5—5 % gacha suv saqlaydi. 
Unumi 92 %. 
Ikkinchi bosqichda hosil 
bo‘lgan 
suvni 
reaksion 
aralashmadan ajratib olinsa, 
sirka angidrid olish mumkin 
bo‘ladi. Sirka angidridi kobalt ( 
I I ) va mis ( I I ) asetatlari 
katalizatori ishtirokida aldegidni etilasetat bilan aralashmasini 60°C da oksidlab 
olinadi. Sirka kislota rangsiz, o ‘tkir hidli suyuqlik, qaynash harorati 118°C). 
Dunyoda sirka kislotasi hozirgi vaqtda har yili 3,5 mln. tonnadan ko‘proq 
ishlab chiqarilmoqda. 
Sirka kislota va uning xossalari 
sanoatning turli tarmoqlarida juda keng 
ishlatiladi. U asetilselluloza olishda (undan asetat tolasi, plastmassalar, laklar, 
yonmaydigan kinoplonkalar va boshqalar olinadi), atsetillovchi modda 
sifatida organik sintez sanoatida oziq- ovqat va to‘qimachilik sanoatlarida va 
boshqalarda ishlatiladi. 



Yüklə 388,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin