Formaldegid ishlab chiqarish. Alifatik alg`degidlarning eng oddiy vaqili
bo`lgan folmaldegid utkir xidli, rangsiz gaz. U ko`zni yoshlantiradi, suv va spirtda
yaxshi eriydi.
Formaldegid asosan formalin - ya`ni 37%li suvli eritma dezenfeksiya
vositalari sifatida ko`proq qo`llaniladi. Formaldegidning ko`p miqdori
polimerlanish va polikondensatlanish jarayonlarida foydalanilad, izopren va
butadien, kimyoviy tolalar uchun sintetik mumlar, etilenglikol, gliserin, pentaeritrit,
bo`yoqlar olishda ishlatiladi.
Sanoatda formaldegid ikki yo`l bilan olinadi: metanning chala oksidlanishi
bilan va metanolning oksidlovchi degidrogenlash yo`li bilan. Metanning
formaldegidgacha oksidlanishi gaz fazada atmosfera bosimi, 500
0
S va turli
katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Oqsilovchi sifatida ko`pincha havo va texnik
kislorod qo`llaniladi.
Metanning to`liq bo`lmagan oksidlanishida avvaliga metanol, undan esa
formaldegid hosil bo`ladi.
Oksidlanishni davom ettirsa, hosil bo`lgan formaldegid uglerod (II)-oksid va
suvni hosil qiladi: shuning uchun reaksiya (2)-tenglama buyicha borishi uchun mis
va kumush, shuningdek azot oksidlarini katalizator sifatida qo`llanilib, jarayon
formaldegid hosil bo`lishiga qaratiladi. Lekin bu yo`lda formaldegidni unumi juda
kam, shuning uchun sanoatda asosiy yo`l - bu metanolni oksidlovchi
degidrogenlash. Jarayon ikki bosqichda boradi.
Reaksiya buyicha formaldegidning 90% ga yaqin miqdori hosil bo`ladi.
Nazariyaga binoan harorat ko`tarilishi bilan (4)-reaksiya buyicha unum ko`payishi
kerak
edi,
lekin
bunda
uning
parchalanishi
ham
sodir
bo`ladi:
CH 3 OH+0,5O 2
HCOH+H 2 O (4)
reaksiya buyicha unum faqatgina chiqayotgan vodorodni bog`laydigan kislorod
ishtirokida ko`payadi.