kunda bizga eng yaqin bo‟lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam
“insoniylashtirib” borish muammolarini o‟rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot,
uzoq davom etgan
insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya‟ni tosh asridagi va hozirgi odam,
garchand
ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan,
axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‟tarilgan, jismonan esa – go‟zallashgan.
Texnikani ana shu go‟zallashgan inson yaratgan. Shu o‟rinda imom G`azzoliyning
inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “Yaratilgan yaratganiga o‟xshaydi”, degan
so‟zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‟ziga o‟xshashini istasa,
inson ham o‟z ijodi mahsulining o‟ziga o‟xshash bo‟lishini xohlaydi.
Texnika
inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik
go‟zal bo‟lsa, shunga qarab o‟zgarib boradi.
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, so‟nggi ikki asr
mobaynida, ayniqsa, XX asrda
inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Chunki
tafakkur, vujud va axloqdan farqli o‟laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega.
Narsaga aylangan tafakkur
tinimsiz ravishda yangi, o‟zidan yuksakroq narsaga
aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa o‟z navbatida
yana yangi narsani
yaratadi va shu tarzda tafakkur olg`a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda, hisobga
olmaydigan qonuniyat. Chunki tafakkurning nima ekani,
u qanday qilib moddiy
jarayonlarni o‟zgartirishi hozircha noma‟lum, vaholanki u biologik hodisa emas.
“Tafakkur energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib
u moddiy jarayonlarni o‟zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan
emas”
2
. Nima bo‟lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi
isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur‟ati biz yaratgan texnika
vositalarini tezkorlik bilan o‟zgarib, qulaylashib, go‟zallashib borishini ta‟minlab
kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli
katta.
Dostları ilə paylaş: