Avlodda hosil bo’ladi: 9 ta qizil - 4 xil genotipda;
3 ta qo’ng’ir - 2 xil genotipda; 3) 3 ta sariq - 2 xil genotipda;
4) 1 ta yashil - 1 xil genotipda.
Demak, faqatgina yashil o’simliklarni fenotipiga ko’ra genotipini aniqlash mumkin ekan. Avlodda hammasi bo’lib 16 ta o’simlik olingan bo’lsa, ulardan faqat bittasi yashil rangli bo’lib, ular avlodning 6,25 % ni tashkil etar ekan. (1x100/16=6,25).
2-masala. Xushbo’y hidli no’xotning oq guli navlari chatishtirilganda olingan birinchi avlod o’simliklari, qizil guli bo’lgan, ularni o’zaro chatishtirishdan hosil bo’lgan ikkinchi bo’g’in o’simliklarida belgilarning fenotipik nisbatini hamda birinchi va ikkinchi bo’g’in hosil qilishda ishtirok etgan ota-ona o’simliklarining genotipini aniqlang.
Yechilishi. Masala yechishni o’zaro ta’sir qiluvchi genlar, genotiplar va belgi jadvalini tuzishdan boshlaymiz:
Belgi
Gen
Genotip
Oq
A – b –
A – bb
Oq
aB –
aaB –
Qizil
A – B –
A – B –
P: ♀ AAbb x ♂ aaBB
Gametalar:Ab aB
F1:AaBb Fenotip: qizil rangli
Genotip: Digeterozigota.
3-masala. Ba’zi paytlarda bitta yoki ikkita komplementar gen mustaqil ta’sir etishi mumkin. Shu bois, duragaylarning ikkinchi avlodida belgilarning ajralishi nisbati ham o’zgaradi. Qora va oq rangli junli sichqonlar chatishtirilib, aguti (yovvoyi –kulrang malla) sichqonlar olingan. Ularni o’zaro chatishtirilganda F2 da 9 ta aguti, 3 ta qora, 4 ta albinos sichqonlar paydo bo’lgan.
P: ♀ AAbb x ♂ aaBB
Gametalar: Ab aB
F1: AaBb
Fenotip: Aguti rangli
Genotip: Digeterozigota