11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Bilish–ta‘lim jarayonining metodologik asosi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/220
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205428
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   220
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Bilish–ta‘lim jarayonining metodologik asosi
dir.
Bilim–ikki pallaga – nazariya va amaliyotga bo‘linadi. Nazariya yangi 
bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda 
ifodalanadi: aksiyema, teorema, qonun, formula, grafik raqami va boshqa 
nazariyada g‘oya shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko‘rsatuvchi mezondir. Kuzatish, 
tajriba, o‘zgartirish, yaratish–bular amaliyot shakllariga kiradi. 
Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda 
inson uchun asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi.


Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish 
qonunlarini ochishdagina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon 
bo‘lish sabablarini ham ko‘rsatib berishdan iborat.
Bilish–sezishdan 
boshlanadi. 
Sezgilar-odam 
haqidagi 
barcha 
bilimlarimizning manbaidir.
Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi.
Demak, o‘quvchilar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar.
Bunda bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko‘p unum beradigan 
qilib qo‘llay bilish lozim. Buning uchun esa o‘qituvchida ko‘nikma va malaka 
hosil qilish lozim.
Ko‘nikma-mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig‘indisidir.
Bilim asosida ko‘nikma va malaka hosil bo‘ladi.
Bilim bajda kerak bo‘lsa, ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur. 
Shu jihatdan o‘quv yurtlarida, maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida bahslar, 
bellashuvlar, o‘tkir zehnlilar mushoirasi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvini 
tashkil etish foydalidir.
Ta‘limning boshlang‘ich davrida o‘qituvchi analiz-yenitezdan ko‘proq 
foydalanadi. Analiz-narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajralishdir. Sintez 
jarayonida o‘quvchilar o‘rganilgan narsalar va hodisalar ayrim qismlarini, 
elementlarini bir butun qilib birlashtiradilar. Sintez, analiz taqqoslash, induksiya 
kabi usullar orqali o‘quvchilar o‘zlarida tushuncha hosil qilish imkoniyat ega 
bo‘lishadi.
O‘qitish, jarayoni ikki faoliyat – o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga 
oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materiallarini bayon qilishdan, o‘quvchilarda 
fanga qiziqishni tarkib toptirishda, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga 
rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko‘nikmalarini tekshirish, o‘quv ishlariga 
moyilligini uyg‘otish, rag‘batlantirish, bilim darajalarini holis baholashdan 
iboratdir.
O‘qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi tomoni tashkil qiladi, 
chunki u o‘qitadi, ta‘lim beradi. O‘quvchi faoliyati ichki jarayonini tashkil etadi, 
chunki u o‘qituvchi bergan bilimni o‘qib, tushunib oladi.
Ta‘limning asosiy maqsadi, yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va 
malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Ilmiy bilimlarni egallash-muayyan 
fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni idrok qilish, ularni izohlay bilish, mustaqil 
ravishda 
umumlashtirish, 
xulosalar 
chiqarish 
demakdir. 
Bular 
asosida 
o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobiliyatlari o‘sib 
boradi, ularda e‘tiqod tarbiyalanadi.
Ta‘lim jarayonida fanning eng zaruriy, eng muhimlari asosi o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘z fanini qanchalik sodda usulda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy 
bo‘lishi lozim.
Ta‘lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya‘ni ta‘lim, 
bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil o‘limi didaktika 
shug‘ullanadi. Didaktika - grekcha so‘z bo‘lib, «didasko», ya‘ni o‘qitish, o‘rgatish 
ma‘nolarini beradi. Ta‘lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta‘lim 


tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o‘kitish prinsiplari, shakllari 
haqidagi bilimlarni bayon etiladi. 
Ta‘lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, 
individual psixik rivojdanishni va bilimlarni o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi. 
O‘qituvchi ta‘lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu 
jarayonda o‘qituvchi, talabaga ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini 
yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga 
aylanadi. Ta‘limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga bog‘liq. Mutaxassis sifatyada 
o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik 
va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni 
zo‘dlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogik ta‘sir ko‘rsatishning maqbul usul va 
vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Ta‘limning asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar 
bilan qurollantirishdan iborat. Ta‘lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir 
kecha ma‘noni bildiradi. Ya‘ni: ta‘lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar 
hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e‘tiqodlarni shakllantirish hamda ularning 
qobiliyatlarini o‘stirishdir. 
Ta‘lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar 
beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda e‘tiqodlar shallantiriladi. 
Ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki 
tomonlama xarakterga ega, ya‘ni unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol 
ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, 
ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtyarib oladi. 
Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson 
psixikasiga tegishlya sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok 
etadi va muhim rol o‘ynaydi. 
Talim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil 
qilish, yangi haqiqatlarni ocha oliyashga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni 
tarbiyalashdir. Ta‘lyam o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish 
qobiliyatlarini hamda fikrlash operasiyalari va harakatlarini hosil qilyash 
jarayonyadir. Bu passyav jarayon emas, balki o‘quvchiga noma‘lum faol, ijodiy 
faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta‘lim jarayonyada ta‘lim oluvchi bilmaslikdan 
bilishgacha, noto‘g‘ri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq 
bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. 
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi 
psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi. 
O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to‘g‘ri yo‘lga solish 
uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olishi 
zarur. 
O‘quvchi va talabalarning erkin fikrlash qobiliyatini o‘quv va amaliy 
mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qtirish lozim. O‘quvchi, talaba tafakkur 
jarayonida voqyelikni tahlil qilishni va taqqoslashni, bilimlarning o‘zlari uchun 
tushunarli sohalaridagi sabab-xulosalar chiqarishni o‘rganadilar, ya‘ni oddiy, 
so‘ngra esa ancha murakkab tushuncha hamda fikr-mulohazalar hosil qilishni bilib 
oladilar. 


Ta‘limda o‘qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o‘quvchilarning 
fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o‘quvchilarda ishdagi mustaqillik, 
ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stiradi va shu tariqa o‘rganilayotgan narsaning onglya 
ravishda o‘zlashtirib olinishga erishiladi. Materialni idrok qilishlari va tushunib 
olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik 
qiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchi-talabaning bilish fazilatlarini tashkil qilish maqsadida 
o‘quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta‘lim jarayoni orqali uch vazifani, ya‘ni 
bilim berish orqali uch maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu 
maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi. 
1) Ta‘limiy maqsad–o‘quv materiallarining mazmunini bilish, ya‘ni ushbu fanga 
tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir. 
2) Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan 
g‘oyalar, dunyoqarashlar ta‘sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon-e‘tiqodlarini 
shakllantirishdir. 
3) Rivojlantiruvchi maqsad - ta‘lim jarayoni ta‘sirida shaxsning aqliy kamolotini 
bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirilhan 
iborat. 
Bu masalalarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi- talabada mustaqil 
ishlash iste‘dodi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta‘lim jarayonida tafakkur 
hukmronlik qiladi. Ta‘lim turli bosqichlarda amalga oshadi. 
Birinchi bosqich - o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda 
o‘quvchi-talaba ta‘limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari 
nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi 
jarayonlar faol ishtirok etadi. 
Ikkinchi bosqich - ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning 
mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo 
bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan 
foydalanadilar. 
Uchinchi bosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘kituvchining 
qo‘shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi. 
To‘rtinchi bosqichda - ular o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab 
amaliyotga tadbiq qiladilar. 
Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali 
boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida 
o‘qituvchi еtakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan 
xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog‘i 
sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan: 
1) o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi
2) ularda dunyoqarashni, ishonch va e‘tiqodlarini o‘stiradi; 
3) yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo‘lib 
еtishishlariga, qobiliyat va iste‘dodlarini o‘stirishga erishiladi. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga 
layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga 
qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini 


yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z 
faoliyatining obyekti sifatida qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini 
tushuna bilishi lozim. 
Bundan tashqari o‘qituvchi ta‘lim jarayonoda har bir o‘quvchi-talabaning 
bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o‘quv 
materiallarini to‘g‘ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi 
pedagogik mohorat uchun zarur bo‘lgan ta‘lim usullari, vositalari va shakllarini 
mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga 
qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta‘lim natijalarini dastlabki va keyingi 
ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash kabilar. Xullas, 
o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi 
lozim. 
Shundagina o‘qituvchi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida 
ta‘lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin