11-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiy siyosat Reja: Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning mohiyati va vazifalari


Mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo’yicha xorijiy tajribalar



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə2/6
tarix02.06.2023
ölçüsü28,41 Kb.
#122488
1   2   3   4   5   6
11-mavzu (3)

2. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo’yicha xorijiy tajribalar
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital qo’yilmalar qayta taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo’nalishda olib borilmoqda:
Birinchi yo’nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma obektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilashdan iborat. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bevosita ishlab chiqarishga aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo’llar, elektr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi manzilgohlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ikkinchi yo’nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, xususan, yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo’llash (ma’muriy yoki moliyaviy cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishga chek qo’yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyeratsiya markazlariga nisbatan keng qo’llaniladi. O’zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi manzilgohlarini rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi yo’nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag’batlantirishahri. Mazkur yo’nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e’tibor beriladigan asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Xorijiy adabiyotlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, hududlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo’yicha turli mamlakatlarda xilma-xil yo’nalishlar mavjudligiga qaramay, ular o’rtasida tafovutlar kam, mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi maqsadlari esa quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:

  • iqtisodiy qoloq mintaqalar rivojlanishini rag’batlantirish;

  • markaziy hokimiyat vazifalarining katta qismini mahalliy davlat organlari zimmasiga yuklash;

  • yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishi to’planishini cheklash;

  • yangi o’zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishni rag’batlantirishahri

Ko’plab mamlakatlarda mintaqaviy siyosat ichki imkoniyatlari va shartsharoitlaridan kelib chiqib, turli hududlar uchun turlicha qo’llanilishi mumkin. Masalan, tug’ilishni kamaytirish siyosati nihoyatda qat’iy yo’lga qo’yilgan Xitoyning zichlik ko’rsatkichlari ancha past bo’lgan Uyg’ur-Syangan avtonom okrugi va Tibet uchun oilada bolalar soni cheklanmagan.
Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida afzalliklarga ega. Aniq maqsadga yo’naltirilgan uzoq muddatli dasturlar izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar safidan joy oldi.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning eng ommaviy usullaridan biri hududiy rivojlantirish jamg’armalarini tashkil etish hisoblanadi.
1975 yilda ilk bor Yevropa Ittifoqi qoshida hududiy muvofiqlashtirish jamg’armasi tashkil etilgan. Keyinchalik ayrim hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida davlatlar darajasida tashkil etilgan maxsus jamg’armalar soni ortib bordi.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatda o’ziga xos mavqega ega bo’lgan jamg’armalar:
Italiyada davlat subsidiyasi hisobiga faoliyat ko’rsatadigan va janubiy hududlar infratuzilmalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan «Janub xazinasi» jamg’armasi;
Bolgariyada ayrim hududlar rivojlanishini jadallashtirish davlat dasturini ta’minlash jamg’armasi;
Vengriyada hududlar rivojlanishining markaziy jamg’armasi.
Xorijiy mamlakatlar mintaqaviy iqtisodiy siyosatining muhim xususiyati ichki ma’muriy-hududiy birliklardan vakolatidan samarali foydalanish orqali namoyon bo’ladi, ya’ni, yirik ma’muriy-hududiy birliklar-guberniya, shtat, provintsiya emas, balki muayyan shahar va munitsipalitetlar hududiy muvofiqlashtirish makonlari sifatida xizmat qiladi. Masalan:

  • Frantsiyada kam rivojlangan Janubi-G’arb mintaqasining 9 aglomeratsiyasi va 17 ta shahar;

  • Ispaniyada 10 ta “rivojlanish markazlari” va 2 ta “sanoatni rag’batlantirish markazlari”;

  • Yaponiyada 10 ta “sanoat rivojlanishining alohida rayonlari”, 6 ta “yangi sanoat shaharlari”;

  • Italiyada 12 ta “sanoatni rivojlantirish areallari” va 26 ta

“industrializatsiya yadrolari”;

  • Germaniyada 300 ta “muhim aholi manzilgohlari” mintaqaviy iqtisodiy siyosat ob’ekti, ayni paytda uni amalga oshirish markazlari bo’lib xizmat qiladi.


Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin