Belgiyada shahar va qishloqlar rivojlanishini rejalashtirishda Maxsus
Qonunga amal qilinadi;
Xitoyda oilada farzandlar soni rasmiy cheklangan bo’lsada, Uyg’ur-
Syangan avtonom okrugi va Tibet uchun bu taaluqli emas;
Yaponiyada mamlakat va mintaqalar bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan uzoq muddatli dasturlar amal qiladi. Uning mintaqaviy iqtisodiy siyosatida yer va tabiiy resurslarning cheklanganligi va mamlakat hududlari aholisining turmushi bo’yicha bir xil sharoit yaratish ustivor ahamiyatga ega.
Jahon mamlakatlarining ko’rib o’tilgan amaliyotidan kelib chiqib,
O’zbekistonda ham o’ziga xos mintaqaviy siyosat yuritiladi.
3. Mamlakat mintaqaviy siyosatining asosiy yo’nalishlari. Respublikamiz iqtisodiyotida bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa mamlakatlardagi singari “samarali” usulni qo’llash bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ko’plab foydalanilmayotgan zahiralar ishga tushirilmoqda, yangi korxonalar asosan kommunikatsiyalar bilan yaxshi ta’minlangan kichik va o’rta shaharlarga joylashtirilmoqda, qishloq xo’jaligida tabiiy-iqlim sharoitiga mos ekinlar ekish joriy etilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega hudud va shaharlarni rivojlantirish, mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Qishloqda sanoatni, birinchi navbatda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarni ishga tushirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tizimini shakllantirish bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mintaqaviy siyosat hududlararga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi vaziyatni dinamik holda muvofiqlashtirish va barqarorlashtirishga harakat qiladi. Mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadi quyidagilar:
hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni yumshatish va qisqartirish;
mintaqalar yordamida mamlakatning eksport salohiyatini ko’tarish, iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash;
joylardagi ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish;
shahar va qishloq aholi manzilgohlarini rivojlantirish, urbanizatsiya hamda migratsiya jarayonlarini tartibga solish va boshqarish; ❖ ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri hududiy tashkil etish;
aholi bandligini yaxshilash va h.k.
Yuqoridagi strategik maqsadlarga turli yo’llar yordamida erishiladi. Buning uchun avvalambor, hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini mutloq
ko’rinishda tenglashtirish g’oyasidan voz kechish talab qilinadi.
Mintaqaviy siyosat alohida hududlarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi, natijada iqtisodiy landshaft qutbiylashadi, o’sish qutbi va markazlari vujudga keladi. Har xil omil va sharoitlarni atroflicha tahlil qilish va rivojlanish imkoniyatlarini baholash orqali saralab olingan u yoki bu hudud iqtisodiyoti yuksalgandan so’ng navbat mamlakatning boshqa hududiga o’tadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda dunyoning 140 ga yaqin mamlakatida 3,5 mingdan ziyod EIZ mavjud. Ularning 400 tasi erkin savdo hududlari, 400 tasi ilmiy-ishlab chiqarish hududlari, 300 tasi ishlab chiqarish eksport hududlari, 100 tasi esa maxsus hududlardan (offshor markazlar, rekreatsiya va turistik hududlaridan) iborat.
Dunyodagi EIZlarda salkam 70 million kishi mehnat qiladi. Ularning yillik savdo aylanmasi 500 mlrd. dollardan ziyod.
“Erkin iqtisodiy zonalar” kategoriyasiga “erkin savdo zonasi”, “maxsus iqtisodiy zona”, “maxsus industrial zona” kabi 30 dan ziyod nomdagi maxsus iqtisodiy-ma’muriy hududlar kiritiladi.
Erkin iqtisodiy zona xaqida tushuncha 1973 yil 18 maydagi Kioto konvetsiyasida berilgan bo’lsada, birinchi erkin iqtisodiy zonalar 1934 yil AQShda tashkil etilgan. Ularning asosiy yo’nalishi tashqi savdoni faollashtirish bo’lgan.
Buyuk Britaniya qo’shma qirolligida 1965 yilda qabul qilingan Moliyaviy qonun (Finance act) kompaniyalar faoliyati va soliq tizimini xalqaro maydonda takomillashuviga asos bo’ldi, bu qonun qoidalar ayniqsa offshor zonalarning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xitoy Xalq Respublikasida 1979 yilning o’rtalaridan “tashqi dunyoga oyna” sifatida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etila boshlagan. Xozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar dunyodagi eng samarali EIZlar hisoblanadi.
Sobiq “ittifoqdosh” respublikalardan Moldova, Belarus, Ukraina,
Qirg’izistonda o’tgan asrning 90-yillarida iqtisodiy zonalarni tashkil etilsada ularda bozor infratuzilmasi va munosabatlarining shakllanmaganligi oqibatida sarflangan mablag’lar va moddiy resurslar samara bermadi va EIZlarning aksariyati o’z faoliyatini to’xtatdi.
Bugungi kunda O’zbekistonning 10 ta mintaqasida 21 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda (15-jadval).
EIZlardan 9 tasi sanoat, 7 tasi farmaseftika, 2 tasi qishloq xo’jaligi, bittasi turizm, bittasi transport-logistika va yana bittasi sport anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. EIZlarda 402 ta korxona, firma ro’uxatdan o’tgan.
O’zbekistonda mintaqaviy iqtisodiy siyosat yurgizishda texnoparklar tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda bu borada Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida innovatsion texnoparklar tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan qaror loyihasi tayyorlandi. Unga ko’ra, Yashnobod tumanida materialshunoslik, elektron jihozlar va kontrollerlar, oziq-ovqat va biologik faol qo’shimchalar hamda dori vositalari sohasida tadqiqotlar o’tkazish, kichik innovatsion ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga mo’ljallangan innovatsion texnopark bunyod etish rejalashtirilmoqda.