11-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiy siyosat Reja: Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning mohiyati va vazifalari



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü28,41 Kb.
#122488
  1   2   3   4   5   6
11-mavzu (3)


11-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiy siyosat
Reja:

  1. Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning mohiyati va vazifalari.

  2. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo’yicha xorijiy tajribala

  3. Mamlakat mintaqaviy siyosatining asosiy yo’nalishlari.

Tayanch so’z va iboralar
Iqtisodiy siyosat, xorijiy tajriba, ishlab chiqaruvchi kuchlarning notekis joylashuvi, mehnat resurslari, ish kuchi migratsiyasi
Mintaqaviy siyosat hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o’rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit beradigan, ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo’lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf etishdan iborat.
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy notengliklarning sabablari o’rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • tabiiy-iqlim sharoitidagi keskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;

  • mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi;

  • mintaqalarning chekka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining ko’payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o’z navbatida bozorning torayishiga olib keladi. Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi chetda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini qiyinlashtiradi;

  • u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi texnologik rivojlanish bosqichi (xomashyo resurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar);

  • mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.;

  • ishlab chiqarish infratuzilmasi: ayeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, telekommunikatsiya tizimlari va h.k. bilan ta’minlanishi;

  • ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma’lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k.

Mintaqaviy siyosatning o’rganish ob’ekti turli ko’rinishdagi hududiy notengliklar - aholining turmush darajasi va yashash sharoitidagi, ishsizlik va bandlikdagi, alohida hududlarning iqtisodiy o’sish sur’atlaridagi va tadbirkorlik sharoitidagi tafovutlar bo’lib hisoblanadi.
Mintaqaviy siyosat hududlar darajasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlar majmuasini anglatib, u mohiyatiga ko’ra hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishida namoyon bo’ladi.
Mintaqaviy siyosatning maqsadi - mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit beradigan, ijtimoiy muammolarning paydo bo’lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf etishdan iborat.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosat ichki imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o’rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, markaziy hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim.
Dunyoning ko’plab mamlakatlarida mintaqaviy siyosatning quyidagi 2 xil usuli keng qo’llaniladi:
“Adolatli” usul - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning shunday turiki, unga ko’ra mamlakat fuqarolari qaysi hududda yashashlaridan qat’iy nazar, ularning turmush darajasi deyarli bir xil sharoit va imkoniyatlarda bo’lishi ko’zda tutiladi. Masalan, iqtisodiy salohiyati katta, rivojlanish darajasi yuqori bo’lgan AQSh, Kanada, Yaponiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlari mintaqaviy siyosatida “adolatli” usul keng qo’llaniladi.
“Samarali” usul - umumdavlat manfaatlari yo’lida har bir mintaqaning mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanishga qaratilgan usuldir.
Ushbu usul G’arbiy Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, O’zbekistonda ham keng qo’llanilmoqda.

Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin