11-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiy siyosat Reja: Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning mohiyati va vazifalari


-jadval O’zbekistonning iqtisodiy zonalari



Yüklə 28,41 Kb.
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü28,41 Kb.
#122488
1   2   3   4   5   6
11-mavzu (3)

15-jadval
O’zbekistonning iqtisodiy zonalari



EIZ nomi

Tashkil etilgan vaqti

1.

Navoiy EIZ

02.12.2008 yil

2.

Angren EIZ

13.04.2012 yil

3.

Jizzax EIZ

18.03.2013 yil

4.

Urgut EIZ

26.10.2016 yil

5.

G’ijduvon EIZ

26.10.2016 yil

6.

Qo’qon EIZ

26.10.2016 yil

7.

Hazorasp EIZ

26.10.2016 yil

8.

Nukus-farm EIZ

03.05.2017 yil

9.

Zomin-farm EIZ

03.05.2017 yil

10.

Kosonsoy-farm EIZ

03.05.2017 yil

11.

Sirdaryo-farm EIZ

03.05.2017 yil

12.

Boysun-farm EIZ

03.05.2017 yil

13.

Parkent-farm EIZ

03.05.2017 yil

14.

Bo’stonliq-farm EIZ

03.05.2017 yil

15.

«Sport» EIZ

5.03.2018 yil

16.

«Baliq ishlab chiqaruvchi» EIZ

6.04.2018 yil

17.

Sirdaryo EIZ

12.04.2018 yil

18.

Chorvoq EIZ

15.05.2018 yil

19.

“Buxoro-agro” EIZ

10.07.2018 yil

20.

“Termiz” EIZ

18.09. 2018 yil

21.

“Andijon-farm” EIZ

14.01. 2019 yi

Olmazor tumanidagi innovatsion texnoparkda esa metallarni qayta ishlash, energiyani tejash texnologiyalari, muqobil energiya manbalari va elektron o’lchash jihozlari, robot texnikasi, mashinasozlik va elektronika sohasidagi tadqiqotlar olib boriladi.
Texnoparklar qurilishi va faoliyati davlat byudjeti, innovatsion tadqiqotlar va mahsulotlar buyurtmachilari, chet el grantlari, investorlar va tijoriy banklarning imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosat olib borishning uchunchi yo’nalishi kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularga imtiyozlar berishdan iborat.
Mintaqalardagi bo’sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolaridan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag’batlantirish maqsadida ular negizida kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilmoqda. KSZ faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to’g’risidagi Nizom”iga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko’ra, 10 gektar va undan ko’p bo’linmas hududga ega sanoat zonalari uchun – Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direktsiyalari, 10 gektardan kam hududga ega bo’lgan, bitta tuman (shahar) doirasida joylashgan sanoat zonalar uchun – tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direktsiyalari tashkil etilishi belgilangan.
Mamlakatda bugungi kunda 96 ta kichik sanoat zonalar tashkil etilgan bulib, ularda umumiy qiymati 535 milliard so’mga teng 1021 loyiha amalga oshirildi. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o’rni yaratildi.
Loyihalar doirasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo’lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 248 loyihani amalga oshirish natijasida 11 ming yangi ish o’rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Toshkentda 3 ta kichik sanoat zonasi faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, joriy yil 5 ta, 2018 yilda 2 ta zonalar tashkil etish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Prezidenti 2017 yil 10 avgustdagi 3194-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xomashyo, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan to’liq foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat korxonalari hamda kichik xususiy korxonalar rivojini qo’llab-quvvatlash va rag’batlanitirish, aholi daromadlarini oshirish maqsadida viloyat hududida 17 kichik sanoat zonasi tashkil qilinmoqda.

Yüklə 28,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin