Yuqorichirchiq tuman KSZ - tuman shifoxonasining sobiq tug’ruq bo’limi
binosi;
Yangiyo’l tuman KSZ - YAngiyo’l 2503-avtokolonnasi;
Angren shahar KSZ - sobiq «Rezinotexnika» AJ qozonxonasi binosi;
Oqqo’rg’on tuman KSZ - «Oqqo’rg’on MTYo»ning bo’sh binosi va inshooti; 9. O’rtachirchiq tuman KSZ - «Toshkent temir-beton buyumlar zavodi» MChJ binosi va inshooti;
Quyichirchiq tuman KSZ - «Do’stobod tajriba mexanika zavodi» MChJ binosi va inshooti;
Chirchiq shahar KSZ - «Suvoqava» DUKning qurilishi tugallanmagan ob’ekti,
«Chirchiqselmash» zavodi ishlab chiqarish hududining bir qismi;
Bo’ka tuman KSZ - «Bo’ka MTK»ning bo’sh binosi va inshooti;
Pskent tuman KSZ - bo’sh bino va «Pskent MTK» inshooti; Bo’stonliq tuman KSZ - «G’azalkent oyna» AJ, shuningdek «O’zenergosanoat»
Parkent tuman KSZ - «Parkent MTK»ning bo’sh binosi va inshooti;
Chinoz tuman KSZ - «Qishloq xo’jalik mahsulot ta’minot bazasi» DUKning foydalanilmagan binolari va inshootlari.
KSZ hududida joylashgan ko’chmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to’lovining nol stavkasi belgilanadi, kichik sanoat zonalari ishtirokchilari ular uchun belgilangan soliq imtiyozlariga ega bo’lishadi. Buning uchun prezident topshirig’iga ko’ra O’zbekiston Rekonstruktsiya va rivojlanish fondidan 50 million dollar hajmidagi kredit liniyasini ochish rejalashtirilgan. Bu pullar import uskunalar va butlovchi qismlar xaridiga yo’naltiriladi.