11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja



Yüklə 109,65 Kb.
səhifə12/13
tarix27.12.2023
ölçüsü109,65 Kb.
#199326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turla-www.fayllar.org

To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga
xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa 
chiqariladi.
To‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish 
yo‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo‘lib, xulosasi aniq bo‘lishi bilan ajralib
turadi.Masalan, gruhda taxsil oluvchi talabalarning davomadini aniqlash to‘liq induksiyaga misol 
bo‘ladi.

To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir
qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan 
sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to‘liq induksiyadagidek, harakat qiladi. Lekin 
unda, to‘liq induksiyadan farqli ravishda, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan,
o‘rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo‘ladi.
To‘liqsiz induksiya bo‘yicha xulosa chiqarishga xos xususiyatlardan biri asoslardan
xulosaning mantiqan kelib chiqishining kuchsiz bo‘lishidir. 
Dastlabki empirik materiallarni kuzatish va tajriba natijalarini tanlab olish usuliga ko‘ra
to‘liqsiz induksiyaning ikki turi: sanash orqali (enumerativ induksiya) va istisno qilish orqali 
to‘liqsiz induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi mumkin.
Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiyada (enumerativ induksiya)
bir sinfga mansub predmetlar biror belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga 
kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy xulosa chiqariladi.
Sanash orqali to‘liqsiz induksiyaning ob’ektiv asosini insonlarning ko‘p yillik hayotiy 
faoliyati, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi.



Insonlarning ob-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasi bo‘lgan fikrlar ham shunday


xulasalarni ifodalaydi. 
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslanishi, sog‘lom fikr yuritishga xos
xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu usuli ommabop 
induksiya deb ataladi.

Yüklə 109,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin